11-Ma’ruza. Didaktik o’yin texnologiyasi (2 soat). Reja. Didaktik o‘yinlar turlari va maqsadlari


Download 36.89 Kb.
bet1/5
Sana22.03.2023
Hajmi36.89 Kb.
#1286930
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu


11-Ma’ruza. Didaktik o’yin texnologiyasi (2 soat).
Reja.
1. Didaktik o‘yinlar turlari va maqsadlari.
2.Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dars shakllari.
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi va rivojlantirishning amaliy echimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o‘rgatish, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yinlardan alohida foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. O‘yinlar maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ladi.
Natijada, 1960-yillar boshidan AQSHda, so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshladi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik o‘yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo‘llagan. Bu usulni g‘oyalar banki deb nomlagan. U muammolarni quyidagicha echishga asoslanadi:

Download 36.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling