11-maruza. Elektron hukumat reja: Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari Elektron hukumatning asosiy tamoyillari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana29.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1305250
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
11-15

B2B “biznes-istemolchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes istemolchi” modeli 
elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana 
savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi 
bo’lib, elektron tijorat bozorining katta ulushini tashkil etadi. B2C tizimlariga quyidagilar 
taaluqli:
• 
Savdo kompaniyalarining Web-dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan 
Webvitrinalar;
• 
Internet-magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elektron savdo 
jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud
Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la 
integrasiyalangan Internet magazinlargan iborat savdo Internet tizimlar.
Uchchala holda ham Internet orqali savdo qilinsada, har bir variant savdo jarayonining turli 
avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan turli 
saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha.
Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida 
anchagina farq bor:
1. 
Elektron biznes –faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes 
jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda 
elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global 
axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir.
2. 
Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat 
biznesfaoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi 
bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar qamrab oladi. Bu 
barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalgam oshiriladi.
Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanishiga asoslangan va istemolchi bilan 
operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron savdo amallari har qanday 
biznesning asosiy qismi bo’lib, qoladi.
Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi. 
Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashtirish 
majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday 
saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. Ta’kidlash 
lozimki, Web-vitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik farq qilmaydi. 
Elektron biznesni ko’pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi. Internetda elektron 
biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar tomonidan o’zlashtira 
boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan Amazon-Internet magazini 
ochilgan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling