11-ma’ruza Kompyuter lingvistikasi metodlari Reja


Download 177.75 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi177.75 Kb.
#1532440
1   2   3   4   5   6
Senariy: restoran
Rollar: tashrifchi, ofitsiantka, xo’jayn, kassir.
Maqsad: Qorinni to’yg’izish uchun ovqat olish.
Sahna I. Kirish
Restoranga kirildi
Bo’sh o’rindiqlar bor joyga nazar tashlanadi
O’tirish uchun joy tanlanadi
Tanlangan joyga boriladi
O’tiriladi
Sahna II. Buyurtma
Taomnoma (menyu) olinadi
Menyu o’qiladi
Nimani buyurtma qilish haqida kelishiladi
Ofitsiantkadan tanlangan taomni keltirish so’raladi
Sahna III. Taom
Ovqat olinadi
Ovqat yeyiladi
Sahna IV. Chiqish.
Hisob so’raladi
Chek olinadi
Kassirning oldiga boriladi
Pul to’lanadi
Restorandan chiqiladi
Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, ekspert tizimlari va neyron tarmoqlari sun’iy intellekt bo’yicha izlanishlarda o’zaro musobaqalashuvchi ikki muqobil yo’nalishlardir. Har ikkala yo’nalishning o’ziga xos afzalliklari va kamchilik tomonlari mavjud. Shuni e’tiborga olgan holda aytish mumkinki, neyron tarmoqlari va ekspert tizimlarini birgalikda ishlashini ta’minlovchi gibrid tizimlar ishlab chiqilishi lozim. Shunda qo’yilayotgan masalaning xarakteridan kelib chiqqan holda mos tizim tanlash va muammoga optimal yechim topish imkoniyati yuzaga keladi. Agar masala “qoyida bo’yicha” (implikatsiya – if …, then… - agar…-sa, u holda…) hal etilsa, ekspert tizimlariga murojaat qilsih zarur. Agar masalada ko’pgina empirik ma’lumotlar mavjud bo’lsa, neyron tarmoqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoki obrazlarni tanishda (masalan, moliyaviy holatni aniqlashda) asosan neyron tarmoqlaridan, obraz aniqlangandan keyin bajariladigan mantiqiy amallarda esa ekspert tizimlaridan foydalanilsa, yuqori samaradorlikka erishish mumkin.


Topshiriqlar

1. Kompyuter lingvistikasi fanining zamonaviy yo’nalishlari haqida Internet ma’lumotlarini toping.


2. Lingvistik kompyuter dasturlarning ishlash samaradorligini oshirish uchun nimalar qilish lozim?
3. Ekspert tizimlari qaysi sohalarda ishlatilmoqda?
4. Sun’iy intellekt tizimi bo’yicha erishilgan yutqlarga nimalarni kiritish mumkin?
5. Sun’iy intellekt tizimini yaratish yuzasidan qanday yondashuvlar mavjud?

Adabiyotlar

  1. Abduraxmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti (monografiya). –Toshkent: Muharrir, 2018.

  2. Abduraxmonova N. Kompyuter lingvistikasi (dasrlik) Toshkent: Nodirabegim, 2021, 400 b.

  3. Jurafsky D., J. H. Martin. Speech and Language Processing: An introduction to natural language processing, computational linguistics, and speech recognition. 2006

  4. Mitkov R. The Oxford handbook of Computational linguistics. Oxford university press, 2003



Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Xolmonova Z. Kompyuter lingvistikasi (o‘quv qo‘llanma) Toshkent- 2019

  2. Douglas A. Machine Translation: An Introductory Guide. London, 1994.

  3. Rahimov A. Kompyuter lingvistika asoslari. Toshkent: Akademnashr, 2011.

  4. Polatov A. Kompyuter lingvistikasi Toshkent: Akademnashr, 2014.

  5. Alexander Clark, Chris Fox, and Shalom Lappin. (Edited) The Handbook of Computational Linguistics and Natural Language Processing. 2010.

  6. Bolshakov I. A., Alexander G. Computational Linguistics Models, Resources, Applications. – Mexico, 2004.

  7. Hutchins W.J., H.L.Somers An Introduction to Machine Translation, Academic Press, 1992.

  8. Марчук Ю.Н. Компьютерная лингвистика: учеб. пособие –Москва, Восток-Запад, 2007.




Download 177.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling