11-ma’ruza: Mobil aloqa tarmoqlari. Reja


G texnologiyalari asosida tarmoqlarni qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari


Download 0.73 Mb.
bet6/14
Sana19.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1100666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-ma\'ruza (180-207)

2. 3G texnologiyalari asosida tarmoqlarni qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari.
3G bu nafaqat Internetga tezkor ulanish, bu muloqot qilishga, ma’lumotlarga ruxsat etishga va boshqalarda tubdan yangi yondashish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, an’anaviy faqat statsionar qaraladigan imkoniyatlar va qurilmalari mobil bo‘lib qoladi. Foydalanuvchi nafaqat o‘z suhbatdoshi bilan so‘zlashishi, balki videotelefon yordamida uni ko‘rishi, Internet tarmog‘i bo‘yicha sayr qiishi, biznesni yuritishi, o‘rganishi, ko‘ngil ochishi mumkin va bularning barchasi bugungi kunda sotali telefon - uncha katta bo‘lmagan qurilma yordamida mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, bunday xizmatlar yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatilishini talab qiladi. Buning uchun dastlab ma’lumotlarni tor polosali uzatilishiga mo‘ljallangan mavjud mobil aloqa tarmoqlarini multimedia mobil xizmatlari va Internetga ulanish uchun zarur tezlikni ta’minlaydigan keng polosali tarmoqlargacha qadamma-qadam modernizatsiyalash ko‘zda tutilmoqda [2].
Uchinchi avlod mobil aloqaning asosi IP texnologiya hisoblanadi, u ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, bu abonentning doimo on-line rejimida bo‘lishini bildiradi. Bunda bog‘lanish vaqtiga emas, balki faqat uzatilgan yoki qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga haq to‘lanadi.
Butun telekommunikatsiyalar industriyasi uchun tugal maqsad keng polosali tizimlarni qo‘llaydigan va global mobillikni ta’minlaydigan yagona mobil aloqa butundunyo muhitini yaratish hisoblanishiga qaramasdan, uchinchi avlod xizmatlarini ta’minlaydigan bir qancha standartlar tizimlari vujudga keldi.
3G nima berishi haqidagi ko‘plab turli talqin etishlar mavjud, lekin universal qabul qilinadigan yagona tavsif Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) e’lon qilgan tavsif hisoblanadi. ITU butundunyo bo‘ylab sanoat tashkilotlari bilan ishlaydi, texnik talablar va standartlarni, shuningdek IMT-2000 (International Mobile Telecommunications-2000) dasturi doirasida 3G tizimlar uchun spektrdan foydalanishi qoidalarini aniqlaydi va tasdiqlaydi. IMT-2000 bu Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bo‘lib, ular butun uchinchi avlod standartlari oilasi uchun chastotalar spektridan foydalanish va texnik o‘ziga xos xususiyatlari masalalariga tegishli hisoblanadi. Tavsiyalar dunyodagi mavjud ikkinchi avlod standartlarini uchinchi avlod standartlariga evolyusiyalanishi yo‘llarini tavsiflaydi. ITU IMT-2000 (3G) tarmoqlari, shuningdek 2G tizimlari uchun tizimning yaxshilangan sig‘imini va spektridan foydalanish samaradorligini va mobil rejimda ishlatilganida (binolardan tashqarida) minimum 144 kbit/s, mobil bo‘lmagan sharoitlarda (binolarda) maksimum 2 Mbita/s tezliklarli ma’lumotlarni uzatish servislarini qo‘llanilishini talab qiladi.
1998 yilning 29 yanvarida European Telecommunications Standards Institute (ETSI) a’zolari uchinchi avlod (3G) mobil aloqa standartlariga nisbatan kelishuvga erishdi. Bu standart universal mobil kommunikatsion tizim (Universal Mobile Communications System) bo‘lib, uning uchun yechim UTRA (UMTS Terrestrial Radio Access) deyiladi va u har ikkala W-CDMA (keng polosali Code Division Multiple Access) va TD-CDMA (Time Division Multiple Access CDMA) takliflarga asoslanadi. W-CDMA ilovalar keng spektri uchun ishlatiladi, u holda TD-CDMA yuqori mobillikni ta’minlash talab qilinmaydigan binolar uchun avzal ishlatiladi. Bu standart, kutilganidek, jahon bozorida yangi joyni hosil qiladi va uchinchi avlod tarmoqlari uchun eng keng ishlatiladigan standart bo‘lib qoladi.
Asosida uchinchi avlod aloqa tarmoqlari quriladigan sotali aloqa asosiy standartlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling