11-ma’ruza: Mobil aloqa tarmoqlari. Reja
Download 0.73 Mb.
|
6-ma\'ruza (180-207)
- Bu sahifa navigatsiya:
- CDMA-2000 3X.
CDMA-2000 1XEV. Bu standart 1X standartning keyingi takomillashtirilishi hisoblanadi. Uning yordamida chastotalar spektridan eng samarali foydalanishga erishiladi, ma’lumotlarni uzatish o‘tkazish qobiliyati oshadi, o‘sha bir 1,25 MGs chastotalar polosasida eng yuqori 2 dan 5 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi. Bunda xavf kamayadi va operatorlik kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari himoyalanadi. Operatorlarning ehtiyojlarini aniqlash bilan 1XEVda takomillashtirishning ikkita bosqichi ko‘rsatiladi. Birinchi bosqichning borishida ma’lumotlarni samaraliroq uzatish usuli uchun 2,4 Mbit/sdan ortiq ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishish talab qilinadi. Ikkinchi bosqichning amalga oshirilishida real vaqt ko‘lamida ovoz va ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi.
CDMA-2000 3X. Bu cdma-2000 standartining ikkinchi fazasi hisoblanadi. Bu fazadagi takomillashtirish 1Xda erishilgan ma’lumotlarni uzatish tezligini 2 Mbit/sgacha oshirilishi ko‘p kanalli tizimdan foydalanish orqali ta’minlanadi. 3X nom 3XRTT atamadan kelib chiqadi, ya’ni 3G xizmatlarni taqdim etish uchun uchta 1,25 MGsdan kanallar ishlatiladi CDMA 450 uchinchi avlod aloqa standarti hisoblanadi. U CDMA 2000, shu jumladan CDMA 2000 1x EV-DO standartini rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarini qo‘llaydigan Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tasdiqlangan. CDMA 2000 1x EV-DO tarmoq ma’lumotlarni juda katta 2, 4 Mb/sgacha tezlikda uzatilishiga imkon beradi. CDMA 450 standarti, hatto 1, 8 MGs kabi tor chastotalar polosasida joriy etilishi mumkin. Uning afzalligi chastotalar spektridan samarali foydalanish, shuningdek ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatilishi imkoniyati hisoblanadi. Pastroq chastotalar diapazonini ishlatilishi esa qamrab olish zonasini kengaytirishga imkon beradi. 450 MGs diapazonda ishlaydigan sotalar yuqoriroq chastotalarda ishlaydigan bazaviy stansiyalarning qamrab olish zonasidan ikki marttaga ortiq bo‘ladi. Shuning uchun CDMA 450 yechimi qishloq joylarida, aholining zichligi uncha katta bo‘lmagan hududlarda simsiz aloqani quradigan operatorlar uchun foydali bo‘ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling