11-ma’ruza sulfаt kislоtаsi ishlаb chiqаrish teхnоlоgiyasi. Sulfаt kislоtаsi ishlаb chiqаrishning kоntаkt vа nitrоzil usullаrini tаvsifi


Download 177.29 Kb.
bet1/2
Sana31.10.2023
Hajmi177.29 Kb.
#1736181
  1   2
Bog'liq
11- ma\'ruza (1)


11-MA’RUZA


Sulfаt kislоtаsi ishlаb chiqаrish teхnоlоgiyasi. Sulfаt kislоtаsi ishlаb chiqаrishning kоntаkt vа nitrоzil usullаrini tаvsifi

Kontakt usulida sul’fat kislotasining olish uch bosqichdan iborat bo’ladi:


1)SO2 ni tozalash.
2)SO2ni oksidlash va SO3 ni olish.
3)SO3ni H2SO4ga absorbtsiyasi.
1-bosqich: SO2 tarkibida iflosliklar,chang, metall qoldiqlari bo’ladi. Ular keyingi oksidlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. YA’ni katalizatorni zaxarlaydi. SO2 avval mexanik usulda tozalanib keyin H2O bilan purkab, chang qoldiqlaridan tozalaniladi. Tarkibidagi namlikni esa H2SO4 bilan yuvish bilan yo’qotilinadi.
2-bosqich:
2SO2 + O2  2SO3+ Q N =-2,96 kDj ; T= 5000S

Kontak usulida oltingugurt 1V-oksidini oksidlash gomogen, qaytar, ekzotermik reaktsiyadir. Muvozanatni o’ng tarafga siljitish uchun Le-Shatel’e koidasiga asosan temperaturani pasaytirib, bosimni oshirib, SO3 xosil bo’lish darajasini ko’tariladi.


XSO3 = CSO3/CSO2 + CSO3
4000C da SO3 ni xosil bo’lishi 99.2%, 6000C da esa 77% xosil bo’ladi. Temperaturani pasayishi bilan SO3 xosil bo’lishi darajasi ortadi lekin reaktsiya tezligi kamayib ketadi. SO3 aktivlanish energiyasi E  300 kDj/mol’ bo’lib, reaktsiya vaqtida uch molekulaning tuknashish extimoli juda kam bo’ladi.SHu sababdan bu reaktsiyani tezlatish uchun katalizator qo’llaniladi. Katalizator sifatida sof xoldagi Pt, aralashma xoldagi metallar oksidi Fe2O3, V2O3.
Pt aktivligi juda yuqori bo’lgan , tannarxi qimmat, mish’yak ta’sirida tez zaxarlanadi va bu katalizator xozirgi vaqtda qo’llanilmaydi. Fe2O3 arzon, kam zaxarlanadi, yonish temperaturasi 6250C bo’lgan i uchun kam qo’llaniladi. Sanoat miqyosida. V2O3 ishlatiladi va bu katalizator xar tomonlama qulay.
SO3ni V2O3 katalizatorligida olish getroqatalitik, mexanizmibo’yicha oksidlanish-qaytarilish jarayondir va u olti bosqichdan iborat.

  1. SO2va O2 gazlari katalizator yuzasiga diffuziyalanadi

  2. gazlar aralashmasi katalizator ichiga diffuziyalanadi

  3. gazlar katalizator bilan ta’sirlanib, oraliq kompleks xosil qiladi : kat -e  O

SO2 kat  O2

  1. xosil bo’lgan komplekslar qayta gruppalanib, maxsulot xosil bo’ladi va sof xolda katalizator ajrab chiqadi.

  1. maxsulot katalizator Kovaklaridan uninig yo’za qatlamiga desorbtsiyalanadi.

  2. maxsulot katalizator yo’zasidan oqimga kushiladi.

SO3 ni olish ikki xil uskunalarda olib borilishi mumkin.:
a) Tashqi issiqlik almashinuvi (15-rasm),
b) Ichki issiqlik almashinuvi (16-rasm)


SO2 gazi (15-rasm) issiqlikalmashinuv (1) dan o’tib isitiladi. Bu isitgich uskuna ishga tushish vaqtida ishlatiladi, FeS2 kuydirish natijasida xosil bo’lgan gazlar yordamida 6000S ga qadar isitiladi va reaktsiya bir tekis ketganida tuxtatiladi. Keyin reaktsiya natijasida xosil bo’lgan issiqlikdan foydalaniladi. Isitilgan SO2 gazi 5 reaktorda katalizator qatlamidan o’tib, oksidlanadi. Xarorat 4500S dan 6000S ko’tariladi. Gazlar aralashmasi 4-issiqlik almashtirgichlardan o’tib, sovutiladi va yana 3-kontakt uskunasidan o’tadi. Xosil bo’lgan maxsulot 2-issiqlik almashtirgichda sovutiladi va keyingi bosqichga o’zatilinadi.
Xozir korxonalarda ichki issiqlik almashinuv uskunalari qo’llanilmoqda. Bu uskuna ideal siqib chiqarish mexanizmida, politermik sharoitda ishlaydi (16-rasm).
3-bosqich SO3 gazini suvga sorbtsiyasidir. Lekin bu jarayon katta miqdordagi issiqlik ajrab chiqishi bilan boradi va buning natijasida maxsulot tumanga aylanib ketadi. Bu xolatdagi sul’fat kislotani kondensatsiya qilishni texnologik tashkil etish imkoni yo’q. SHu sababdan uchinchi bosqich SO3 gazini sul’fat kislotaga sorbtsiyalash bilan amalga oshiriladi. Buning uchun nasadkali minora va 98,398,6 % sul’fat kislotasinig qo’llaniladi. Bunday kislota monogidrati deyiladi va u eng yuqori yo’tish xususiyatiga ega bo’ladi. Bu kislota yordamida adsorbtsiya darajasi 99% etadi. Kislota tarkibidagi kam miqdordagi suv xam kislota bug’larini xosil qiladi va u uskunaning tepa qismida tuplanib, portlash xavfini tugdiradi. Adsorbtsiya jarayonini yaxshilash uchun o’zatilinayotgan kislota suv sovitgichlarida 60700S ga qadar sovitiladi. Adsorberda aylanadigan kislota miqdori SO3ni yo’tish uchun kerak yuulgan miqdoridan ancha ko’p olinadi. Bu jarayonni issiqlik balansi bilan belgilanadi. Jarayon natijasida xosil bo’lgan issiqlik oltingugurt kuydirishda kerak bo’ladigan xavoni isitishda foydalaniladi.
Nitroza usulida sul’fat kislotasi olishda katalizator sifatida SO2 oksidlash uchun N2O3 qo’llaniladi(17-rasm).Oksidlash texnologik tashkil etishni osonlashtirish uchun kontsentrlangan nitrat kislotasi ishlatiladi. YUu jarayon gomoqatalitik jarayon bo’lib, nasadkali minoralarda amalga oshiriladi.
2NOHSO4+H2O =2H2SO4 +N2O3 (a)

Download 177.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling