11-ma’ruza: Tadqiqot qo’lyozmasi bilan ishlash, tayorlash va rasmiylashtirish usullari. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
Download 148.99 Kb. Pdf ko'rish
|
11(ITM)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollar
Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
Ilmiy materiallarni nashr qilish — ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoki korxona jamoasi bajaradigan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalariga mualliflik huquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri. Ilmiy materiallarni nashr qilish yoki oshkora yoki yopiq tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo‘lmagan ishlar e’lon qilinadi. Ilmiy materiallar quyidagi ko‘rinishda e’lon qilinishi mumkin: – monografiya; – davriy jurnallardagi maqola; – OO‘YU, ITI asarlari to‘plamidagi, xalqaro, soha va boshqa xilkonferensiyalar to‘plamidagi maqola; – rasmiy kengash va konferensiyalarning dokladlari tezisi; – reformativ jurnallardagi maqola; – davlat qaydnomasiga ega ITI bo‘yicha hisobotlar; – kashfiyot va ochilgan yangilikka potentlar; – respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonalarda deponentlangan ishlar;– gazetadagi maqolalar. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: – ilmiy materialni nashr qiluvchi noshir qo‘ygan talablarni o‘rganish; – tanlangan ilmiy ish bo‘limi mazmunini yozma bayon qilish;– sof patentlikka ko‘ra maqola mazmunini tekshirish; – ochiq matbuotda e’lon qilish uchun maqolani ekspertizadan o‘tkazish,kashf etish, yangilik yaratish unsurlarini yo‘qligi; – maqolani ichki va tashqi taqrizga berish;– maqolani noshirga topshirish. Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talabi material turiga bog‘liq va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – qog‘oz va uning hajmiga bo‘lgan talab; – chap, o‘ng tomon, yuqori, quyidan qoldiriladigan ochiq joy hajmi; – sahifalarga tartib raqamlarini qo‘yish; – rasmiylashtirish muharriri; – jadval va rasmlarni berilishiga talablar; – bosish shrifti va intervali; – bayon etilish tili; – boshqa tildagi annotatsiyalarga bo‘lgan talab. Nashr etilayotgan ilmiy material kirish qismidan amalda bayon etilayotgan ilmiy material mazmuni va bayon qilinayotgan mavzu bo‘yicha xulosadan iborat bo‘lishi kerak. Agar muallif ma’lum ilmiy ishlarga havola qilsa yoki ulardan foydalansa ular adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilishi kerak. Muallif patent sofligiga ilmiy maqola mustaqil tekshiruvini amalga oshirishi, buni maqolani nashrga tayyorlash jarayonida bajarish kerak. Patent sofligiga ko‘ra tekshiruv o‘z ichiga prototiplar va analoglarni topish, farqli tomonlarni belgilashni oladi. Har bir nashrga ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Buni mazkur ish bajarilgan tashkilot tuzadi, ochiq matbuotda e’lon qilish imkoni va mazmuni tegishli xulosa beradi. E’lon qilishga taqdim etilayotgan ilmiy materialga ayrim hollarda taqriz talab qilinadi. Taqriz ichki yoki tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki taqriz ish bajarilgan tashkilot mutaxassis tomonidan beriladi. Tashqi taqriz esa boshqa tashkilot mutaxassis tomonidan yoziladi. Shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish bosqichida bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarining materiallari, agar tugallanmagan va muayyan aniq xulosalar yoki yakunga yetmagan bo‘lsa e’lon etish uchun tavsiya qilinmaydi. Shunday qilib, ilmiy materiallarni nashr qilish — ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoxud korxona jamoasi bajargan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijasiga mualliflik huquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri. Muallif (yoki mualliflar) ilmiy tadqiqotlarni ularni e’lon qilishga tayyorlash bosqichida patent sofligiga mustaqil tekshirishni amalga oshirishlari shart. Sinov savollar: 1. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash bosqichlari. 2. Ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish haqida. 3. Ilmiy tadqiqot natijasi haqida ma’lumotlar turlari. Download 148.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling