11-ma’ruza: Texnologiya ta’limida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish Reja
Download 48.64 Kb.
|
11-ma\'ruza 2022-23
Metodik adabiyot bilan ishlash
O`qituvchilarga mustaqil bilim olishlariga metodik adabiyotlar katta yordam beradi. Adabiyotlarning shartli ravishda uch guruxga bo`lish mumkin: 1. Birinchi guruxga texnologiya fani jarayonida o`rganiladigan faktli material bayon qilinadigan adabiyotlar kiradi. Bu material o`quvchilar uchun talab qilinagidan ko`proq va chuqurroq bayon qilinadi. O`qituvchi o`quv dasturidan tashqari savollarga xam javob berishga tayyor turishi kerak. Bunday adabiyotga «Texnichiskiy spravochnik uchitelya truda» (M.Prozvisheniya. 1980) kitobi misol bo`ladi. «Maktab va ishlab chiqarish» jurnallarida fan va texnika soxasidagi yutuqlar xaqida o`qituvchilar foydalanishi mumkin bo`lgan materiallar muntazam chop etiladi. 2. Ikkinchi guruhga texnologiya mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi yoritilgan adabiyotlar kiradi. Bunday adabiyotlarda metodikaning umumiy masalalari yoritiladi. «Texnologiya politexnika ta`limi didaktikasi» (Vorobev A.I. T., O`qituvchi, 1997). Bunda o`quv dasturining ayrim bulim va mavzularini o`qitish metodikasi darslar bo`yicha metodik ishlanmalar tarzida yoki umuman maktab o`quv dasturlari ko`zda tutilgan mavzu va bo`limlariga daxldor tavsiyalar tarzida bayon qilishi mumkin. Bunday qo`llanmaga «Texnologiya fani» (Varob’ev A.I. va boshqalar «O`qituvchi» 1992 y.) va boshqalar misol bo`ladi. 3. Metodik adabiyotlarning texnologiya fani jarayonida paydo bo`ladigan ayrim masalalarni qarashga bagishlangan uchinchi guruxga juda ko`p adabiyotlar kiradi. Masalan P.R.Atutov va boshqalar «Texnologiya fanini fan asoslari bilan aloqasi» (M. «Prosveshenie» 1992) I.Chariev «Trudovoe vospitanie v selskix shkolax Uzbekistana» («O`qituvchi» 1988.) O`qituvchilarning mustaqil bilim olishlarida «Xalq ta`limi», «Maktab va hayot» kabi jurnallar ham muhim rol o`ynaydi. Ular maktablarda texnologiya fani va tarbiyasiga bog`lik ishlarni o`zida aks ettirib boradi. Ularda texnika, qishloq xo`jaligi, xizmat ko`rsatish texnologiyai, sinfdan va maktabdan tashqari ish jarayonida mashg`ulotlar o`tkazish metodikasiga doir pedagogik kadrlar tayyorlash masalasi ko`rib chiqiladi; texnologiya faniga oid kitoblarga yozilgan taqrizlar e`lon qilinadi; chet ellarda texnologiya fanini yo`lga qo`yish tajribalari yoritiladi; ilg`or texnologiya o`qituvchilari, ustalari haqida hikoya qilinadi. Download 48.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling