11-ma’ruza: Texnologiya ta’limida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish Reja
Download 48.64 Kb.
|
11-ma\'ruza 2022-23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktablarda ilmiy-uslubiy ishlarni zamon lalablari asosida tashkil etish
- Maktab ilmiy-uslubiy kengash vazifalari
11-ma’ruza: Texnologiya ta’limida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish Reja: 1.Texnologiya ta’limida metodik ishlami tashkil qilish strukturasi. 2.Metod birlashmalar va ulaming faoliyati. 3.Ilg'or pedagogik tajribalami o'rganish va ommalashtirish (Mahorat maktablari). 4. 0 ‘qituvchining jamoaviy uslubiy ishlari. Ochiq darslar va ularni o‘tkazish. Maktablarda ilmiy-uslubiy ishlarni zamon lalablari asosida tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun maktab rahbari mohir pedagog va kasb-hunar sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bo`lishi kerak. U mustaqil ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-uslubiy ishlarning mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni o`rganib borishi kerak. Maktab ilmiy-uslubiy kengash vazifalari - maktab pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g`oyaviy saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish; - talabalarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, usul va vositalarini takomillashtirish; - ta'lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umummilliy, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta'minlash; - ilg`or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini o`rganish, umumlashtirish hamda ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat. Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish maktablaridagi barcha rahbarlar, o`qituvchilar, muhandis-pedagoglar uchun majburiy bo`lib, bu ularning pedagogik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni, tashkiliy shakllari va ularga rahbarlik qilishga ta'lim tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqadigan quyidagi asosiy talablar qo`yiladi: g`oyaviy yo`nalganlik, ilmiylik, aniq bir maqsadga qaratilganlik va tizimlilik, ijodiy yo`nalganlik, ta'sirchanlik va jozibadorlik. Maktablaridagi uslubiy ishlarning mazmuni, yo`nalishi, tuzilmasi kabilar uslubiy ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu Nizomga muvofiq jamoaviy va individual tarzda uslubiy ishlar olib boriladi. Quyidagilar jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi: pedagogik kengash; uslubiy komissiyalar; ilg`or tajriba maktab, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, pedagogik o`qish va turli uslubiy kengashlar. Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: maktab rahbarlari, o`qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlarning o`z g`oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik malakasi va kasbiy mahoratini oshirish yu`zasidan olib boriladigan mustaqil uslubiy ishlari; maktab rahbari (direktor), uning o`rinbosarlari, katta usta, o`qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlar bilan olib boradigan individual uslubiy ishlari. Uslubiy ishlar shakli va mazmuni bo`yicha ham, pedagogik xodimlarning turli guruhlarini qamrab olish bo`yicha ham muvofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Maktabda uslubiy ishlarni umumiy mavzu asosida tashkil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish usullaridan biridir. Uslubiy ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, Maktab ma'lum bir vaqtga mo`ljallangan umumiy mavzuni tadqiq etadi. Buning natijasida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning dolzarb muammolanni hal etishga muayyan hissa qo`shadi, turli toifadagi pedagogik xodimlarning tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda, ularning pedagogik mahoratini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu mavzu maktab ishining muayyan bosqichida uning uchun dolzarb bo`lishi: kasbiy ta'limga oid avvalgi tajribalarga bog`liq va ularning uzviy davomi bo`lishi; ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasiga yangilik kiritilishi; daliliy materiallar bilan boyitilishi, umuman, ta`lim-tarbiya jarayonini sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Bunday mavzularga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin. Uslubiy ish maktabning istiqbol va joriy ish rejalarida mustaqil bo`lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil ishlarning tashkil etilishi va samaradorligini tekshirish masalalari Maktablarining ichki nazorat rejalarida o`z aksini topadi. Download 48.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling