11-ma’ruza. Tizimli dasturlar, dolzarb operatsion tizimlar va qobiq dasturlar. Operatsion tizimlar va servis tizimlari to‘G‘risida tushunchalar reja


Download 211.86 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi211.86 Kb.
#1788785
  1   2   3   4
Bog'liq
11-ma\'ruza(1)


11-MA’RUZA. TIZIMLI DASTURLAR, DOLZARB OPERATSION TIZIMLAR VA QOBIQ DASTURLAR. OPERATSION
TIZIMLAR VA SERVIS TIZIMLARI
TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHALAR


REJA
11.1. Shaxsiy kompyuterning asosiy tashkiliy qismlari
11.2. Tizimli dasturiy ta’minot to’g’risidaasosiytushunchalar
11.3. OT imkoniyatlarinioshiruvchiqo’shimchadasturiyvositalar
11.4. Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar.
11.5. Operatsion tizimlar haqida tushunchalar
11.6. Servis tizimlar xaqida tushunchalar


Tayanch so‘z va iboralar
Shaxsiy kompyuter, apparat ta’minoti, dasturiy ta’minot, interfeys, foydalanuvchi interfeys, grafik interfeys, Tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari, operatsion tizim (OT), tarmoq operatsion tizimi, UNIX, MS DOS, OS/2, WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98, Utilitlar, tarmoq OT, Operatsion tizimlar, dolzarb operatsion tizimlar, buyruqli interfeys, matnli menyu ko‘rinishdagi interfeys, grafik menyu ko‘rinishdagi interfeys, MS DOS operatsion tizimi, qobiq dasturlar, servis tizimlari, interfeysli tizimlar.


11.1. SHAXSIY KOMPYUTERNING ASOSIY TASHKILIY QISMLARI

Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bul arapparat ta’minot (hardware) va dasturiyta’minot (software) lardir.


Apparat ta’minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘zichiga oladi. Dasturiy ta’minot siz xar qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa – dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish – apparat-dasturiy interfeys deyiladi1.
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti – foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
- Tizimli dasturiy ta’minot;
- amaliy dasturiy ta’minot;
- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’minot (Sistem software) –kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) –bu aniq bir predmet soxasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari – yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.


Download 211.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling