11-ma’ruza. Tizimli dasturlar, dolzarb operatsion tizimlar va qobiq dasturlar. Operatsion tizimlar va servis tizimlari to‘G‘risida tushunchalar reja


Download 211.86 Kb.
bet3/4
Sana20.11.2023
Hajmi211.86 Kb.
#1788785
1   2   3   4
Bog'liq
11-ma\'ruza(1)

TarmoqOT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakka xol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT- tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar - bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir.
11.4. DOLZARB OPERATSION TIZIMLAR
VA QOBIQLAR
Operatsion tizimlar — dasturli ta’minotning foydalanuvchi kompyuterda ishlaganda uning interfeysini aniqlovchi muhim qismidir.
Interfeys foydalanuvchiga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lishi lozim va bu nuqtai nazardan foydalanuvchining mashina bilan muloqatining uchta darajasi to‘g‘risida gapirish mumkin:

  • buyruqli interfeys — foydalanuvchi operasion tizimning fayl tizimini va buyruqlarini etarlicha bilishi kerak va ularni displey ekranida bor bo‘lgan buyruq qatoriga klaviaturadan kirita bilishi kerak; bunday interfeys bevosita MS DOS tomonidan ta’minlanadi;

  • matnli menyu ko‘rinishdagi interfeys — foydalanuvchi ko‘p sonli menyularda mo‘ljal ola bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar va fayllarni ularning nomlanishi bo‘yicha tanlay bilishi kerak (odatda ingliz tilida); bu tipdagi interfeys OT ning ko‘pgina qobiqlarida, xususan, eng zommaviy Norton Commander qobig‘ida amalga oshiriladi;

  • grafik menyu ko‘rinishdagi interfeys — foydalanuvchi ko‘p sonli menyularda va instrumentlar panelida mo‘ljal ola bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar va fayllarni, odatda ularning nomlanishi bo‘yicha ko‘rsatadigan shartli grafik belgilar bo‘yicha tanlay bilishi kerak; bu tipdagi interfeysni grafikli interfeysli tizimlar (Windows 3.1) va grafik interfeysli operasion tizimlar (Windows 95, Windows NT) tomonidan ishlatiladi.

Quyida MS DOS va Windows 95 operasion tizimlari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar bayon qilinadi, ular foydalanuvchiga kompyuter bilan savodli muloqat qilish uchun kerak. Qobiq dasturlar –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan kompyuter bilan qulayroq va ko’rgazmali muloqot o’rnatish imkoniyatini beradi.
MS DOS operatsion tizimi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o’rtasida vositachi rolini o’ynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o’zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko’p buyruqlar bilan toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib foydalanuvchi bilan kompyuter oʻrtasida yangi vositachi ishlab chiqish extiyoji tug’ildi va natijada operatsion tizimning qo’biq dasturlari yuzaga keldi.
Qobiq dastur operatsion tizim boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion tizim bilan ishlashga koʻmaklashadigan dasturdir. Eng birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb no’mlanadi. Bu qobiq dastur mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va ko’mpyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far Manager qobiq dasturlari Norton Commander dasturining aso’siy ishlash tamoyillarini saqlab qolgan.
Qobiq dasturlar asosan quyidagi imko’niyatlarni beradi: diskdan kataloglar roʻyhatini to’liq ekranga chiqarish, faylllarni qayata nomlash, fayllarni oʻchirish, katalog (papka)larning po’gʻo’nalik strukturasini koʻrish, bir kataloglardan bo’shqa kataloglarga oʻtish, katalo’glar ho’sil qilish, katalo’gni qayta nomlash va oʻchirish, matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.
11.5. OPERATSION TIZIMLAR
HAQIDA TUSHUNCHALAR
Operatsion tizimning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya’ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo’yicha turli servis amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion tizim xizmatidan foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta’minlab beruvchi operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Operatsion tizimni tanlash juda muhim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida qaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning ma’lumotlari himoyasining darajasini, qanday texnik vositalari kerakligini va hokazolarni aniqlaydi.
Shaxsiy kompyutеrlarning opеratsion tizimlari yaratilishi tarixiga nazar solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyutеrlar uchun yaratilgan birinchi opеratsion tizim CPFM-80 (Control Programm for Microcompyters, ya’ni mikrokompyutеrlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasisining prеzidеnti Gеri Kildell bo’lgan.
16 razryadli yangi kompyutеrlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft kompaniyasining asoschisi va prеzidеnti, multimiliyardеr Bill Gеyts ilgari surgan, u IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
Opеratsion tizim bajaradigan vazifasiga ko’ra 3 guruhga bo’lish mumkin:
- bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
- ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi);
- tarmoqli.
Bir vazifali opеratsion tizim bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday opеratsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir.
Ko’p vazifali opеratsion tizim vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Tarmoq opеratsion tizimi. Lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bo’g’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli opеratsion tizimlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, Solaris va boshqalar. Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat opеratsion tizim-tarmoq opеratsion tizimi dеb ataladi. Ushbu opеratsion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni ko’rsatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:
1. Ishonchlilik. Tizim o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni tizim topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3. Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o’zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o’zi ancha ixcham bolishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim.
4. Qulaylik. Operatsion tizimda ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur hususiyat operatsion tizimning muhim hususiyati hisoblanadi.
5. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak.
6. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Opеratsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan qulay muloqotni(intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb ataladi.
Hozirda operatsion tizimlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib ulardan quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar.
Microsoft kompaniyasi, foydalanuvchilarga grafik interfeys va bir nechta ilo’valar bilan bir vaqtda ishlash imko’nini berdi. Windo’wsning birinchi tizimlari, MS DOS OT bilan ishlaydigan qo’biq dasturdan ibo’rat edi. U MS DOS tizimidan ishga tushirilar va shundan MS DOS markaziy prosessorni himoyalangan rejimga oʻtkazar hamda bir nechta masalani parallel bajarilishini tashkil etar edi. Grafik interfeys mavjudligi va uni Microsoft to’mo’nidan keng ko’ʻlamda quvvatlanish shunga olib keldiki, koʻpgina yangi dastur mahsulotlari shu yangi imkoniyatlarga mo’ʻljallab ishlab chiqildi. Vaqt oʻtishi bilan Microsoft kompaniyasi, hisoblashlar ishonchliligi va uning samarado’rligini taʻminlashga eʻtibo’rini qaratdi, ammo’ foydalanuvchiga tushunarli va umuman qulay interfeys bilan taʻminlash asosiy masala boʻlib qo’ldi.


11.6. SERVIS TIZIMLAR XAQIDA
TUSHUNCHALAR

Servis tizimlari foydalanuvchi va shaxsiy kompyuterning samarali o‘zaro ishini ta’minlash uchun ishlatiladi, ular operatsion tizim foydalanuvchi interfeysining (interface — ulanish, kelishish) qo‘shimcha va kengaytmasidir — foydalanuvchi va OT o‘rtasidagi vositachilik vazifasini bajaradi. Servis tizimlari shartli ravishda interfeysli tizimlar, OT qobiqlari va utilitlarga bo‘linadi.


Interfeysli tizimlar – bu ko‘pincha grafik tipdagi kuchli servisli tizim bo‘lib, ular nafaqat foydalanuvchining, balki OT ning dasturli interfeysini (OT ning amaliy dasturlar bilan birlashishi) ham mukammallashtiradi, xususan, qo‘shimcha resurslarni taqsimlashni ba’zi qo‘shimcha jarayonlarini amalga oshiradi. Interfeysli tizimlarga misol sifatida Windows, Defkview, Ensemble va b. tizimlarni keltirish mumkin.
Juda ommaviy Windows tizimi avtonom yoki foydalanuvchining har bir oynacha bilan o‘zaro bog‘langan o‘zaro harakatini grafik manipulyator yordanida, ko‘p masalalik rejimida virtual xotirani ishlatib va xatto (Windows 3.1) virtual mashinalar tizimi rejimida displey ekranida shakllanuvchi bir nechta oynachalarga ma’lumotlarni chiqarishni ta’minlaydi. Windows DOS ga qo‘shimcha o‘rnatiladi (DOS ustiga) va shuning uchun ko‘pincha u yana OT qobig‘i deb ham ataladi. Windows 95, Windows 97 tizimlari o‘z ichiga operatsion tizimlarni oladi (DOS 7, DOS 97) va ular shuning uchun «operatsion tizimlar» deb ataladi.



OT qobiqlari foydalanuvchiga OT ishlatilayotganiga nisbatan sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi va bunda interfeysni bilish majburiy emasdir; qobiqlar, foydalanuvchi bilan menyu tizimi yordamida yeng «do‘stona» interfeysni amalga oshiradi.



Download 211.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling