11-ma’ruza topshirig’iga javoblar Mavzu: O’quvchilarni moddalar bilan tanishtirish


Download 11.63 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi11.63 Kb.
#119972
Bog'liq
Бошланғич кимёвий тушунчаларни ўқитиш методикаси(1-u)


11-ma’ruza topshirig’iga javoblar

Mavzu: O’quvchilarni moddalar bilan tanishtirish

Barchamizga ma’lum kimyo fani asosan moddalar va ularning xossalarini o’rganadi. Shunday ekan kimyo fani o’qituvchisi o’quvchilarga avvalombor modda haqida tushuncha berishi va qiziqtira olishi lozim. Moddalar va ularda bo’ladigan o’zgarishlar kimyoning asosidir. O’rta maktabda kimyo kursida quyidagi moddalar o’rganiladi.



  1. O’quvchilarga kimyoning nazariy asoslarini tushuntirish uchun xizmat qiladigan moddalar; masalan kislorod, vadarod, galogenlar, ishqoriy va ishqoriy yer metallar, uglerod va kremniy, azot va fosfor, metan benzol va boshqalar.

  2. Hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish haqida tasavvur hosil qilish uchun imkon beradigan moddalar. Masalan: xilorid, sulfat va nitrat kislotalar, ammiak, alyuminiy, temir, neft, sirka kislota va boshqalar.

  3. Kimyo va kimyo sanoatining yutuqlarini birmuncha ravshan aks ettiradigan moddalar. Masalan: sintetik kauchuk, anilin, plasrmassalar, suni’iy tola, dori moddalar va boshqalar.

  4. Tabiatda, sanoatda, qishloq xo’jaligida va turmushda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan moddalar. Masalan: suv, kislotalar, ishqorlar, mineral o’g’itlar, oqsillar va boshqalar.

Umumtalim o’rta maktab kimyo dasturiga ko’ra moddalarning hammasi bir xilda chuqur o’rganilmaydi. Masalan: kislarod, vadarod, suv, karbonat angidrid, xlor, xlorid kislota, oltingugurt, sulfat kislota, azot, ammiak, nitrat kislota, fosfor, metan, etilen, asitilen, benzol, etil spirti, natriy va kaliy, alyuminiy, temir va boshqalar ana shunday moddalar qatoriga kiradi.

O’quvchilar bu moddalar haqida:

  1. Molekulalarining tarkibi;

  2. Fizik va kimyoviy xossalari;

  3. Eng muhim birikmalari

  4. Tabiatda uchrashi

  5. Labaratoriya sharoiti va sanoatda olinishi;

  6. Tabiatda va xo’jalik hayotidagi ahamiyatini bilishlari lozim.

O’quv kursi davomida o’rganiladigan moddalar haqidagi bilimlar hajmini oldindan belgilab olishi kerak, chunki davlat o’quv dasturi doirasidan chetga chiqadigan mavzular bilan o’quvchilarni ortiqcha band qilib qo’yishdek, maktabga zarar keltiradigan ahvolning oldini olish uchun ham juda muhimdir.

Moddalar haqidagi bilimlarning sifati, ko’pincha shu moddalarning qanday izchillikda o’rganishiga bog’liq bo’ladi. Aksariyat, oddiy moddalar quyidagi ketma- ketlikda o’rganiladi.



  1. Fizik kimyoviy xossalari;

  2. Tabiatda uchrashi;

  3. Labaratoriya sharoitida va sanoatda olinishi;

  4. Ishlatilishi;

O’quvchilar moddalarning quyidagi xossalariga e’tibor berishlari kerak:

  1. Fizik xossalari- allotropic shakl o’zgarishi, rangi, hidi, uchuvchanligi, mazasi, solishtirma og’irligi.

  2. Kimyoviy xossalari- barqarorligi, shu moddaning vadarod, kislarod, metallar va murakkab moddalar bilan o’zaro ta’sirlashuvi.

Moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishi bilan mahkam bog’liq holda o’rganiladi va o’quvchilarning moddalar haqida chuqur va puxta bilimlar olishga mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Moddalaning sinflanishi o’quvchilarning diqqatini eng tipik moddalarga jalb etishlari, juda oz moddalar namunasidan barcha xilma-xil moddalar asosini bilib olishlari; moddalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni ochishlari uchun imkon beradi.

Maktabda kimyo kursida moddalarning sinflanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  1. Metallar va metallmaslar.

  2. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar.

  3. Anorganik va organik moddalar.

  4. Organik moddalarning asosiy sinflari.

“ Kislarod. Oksidlar. Yonish ” mavzularida birinchi bor oksidlar haqida tushuncha kiritiladi. Ularning tarkibi va xossalari tajribalarda ko’rsatib o’rganiladi.

Kislota, tuzlar haqidagi tushunchalar bilan o’quvchilar “Vadorod. Kislotalar. Tuzlar ” mavzusida tanishadilar. O’quvchilarning mukammal o’rganishlari uchun kislotalar tushunchalari asta-sekinlik bilan ochib boriladi. Oldin o’quvchilarga ma’lum bo’lgan o’zlari bilgan kislotalar haqida tushunchalar beriladi keyin esa boshqa kislotalar bilan tanishtiriladi va xossalari o’rgatiladi. Bulardan tashqari kislotalar bilan ishlashda qanday tartib qoidalarga bo’ysunishi kerakliklarini qattiq nazoratga olib o’rgatiladi, chunki kislotalar o’yuvchi, kuydiruvchi modda bo’lganligi sababli o’quvchilar labaratoriya ishlari bajarayotganida o’zlariga jarohat yetkazishi mumkin.



Moddalar haqidagi tushuncha borgan sari murakkablashib, “Metallarning umumiy xossalari” mavzusida yangi mazmunga ega bo’ladi. Aynan shu bo’limda elektrokimyo bo’yicha hanna bilimlar mujassamlashgan. Metallarning kimyoviy xossalari quyidagi reja bo’yicha o’rganiladi.

  1. Oddiy moddalar bilan tasirlashuvi: kislarod, vadarod, metallmaslar.

  2. Murakkab moddalar bilan tasirlashuvi: suv, kislota, asoslar, tuzlar.

  3. Ayrim xossalari: sifat reaksiayalari, oksidlanish-qaytarilish reaksiaylari.

O’quvchilar organic kimyoni o’rganishga kirishgach, modda tushunchasi murakkablashadi. Organic moddalarning xossalari tushunchasi ularning tarkibi va tuzilishi to’g’risidagi bilimlarga asoslangan. Moddalarning sinflanishi anorganik va organic moddalar tushunchalari bilan boyitiladi. Keyinchalik o’quvchilar organic moddalar tarkibi bo’yicha sinflanishi bilan tanishadilar. Uglevadarodlar, kislarod tutgan azotutgan organic moddalar haqida o’rganadi.

Organik moddalarni o’rganishda o’quvchilarning fikrlashi rivojlanib, mukammallashadi. X-XI sinf o’quvchilari taqqoslash, tahlil, sintez qilishni, o’quv materialini umumlashtirishni bilishlari kerak. Buning uchun organic kimyo kursidagi mavzular xizmat qiladi. “Modda” tushunchasini o’rganishning har bir bosqichida kimyoviy tajribadan keng foydalanish kerak. Borgan sari kimyoviy tajribaning murakkabligi ortib boradi va o’quvchilar fikrlash qobilyatining rivojlanisiga yordam beradi.
Download 11.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling