11-ma’ruza. Zamonaviy dastulash texnologiyalari. Ob’ektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari va tizimlari ularning ishlatilishi va tasnifi. Dasturlashning asosiy konstruktsiyalari va tizimda qo’llash xususiyatlari


Download 261.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.12.2023
Hajmi261.71 Kb.
#1779690
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma\'ruza

Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uning birinchi qatorida sarlovha
ya'ni proyektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda asosoiy menyu - buyruqlar menyusi
gorizontal ko’rinishda joylashgan.
Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar paneli va o’ng tarafida komponentalar 
palitrasi(guruhi) kelttirilgan. 
Buyruqlar menyusi quyidagilarni o’z ichiga olgan: 
-File (fayl) bo’limi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli buyruqlarni o’z ichiga olgan; 
-Edit (taxrir) bo’limi fayl ichidagi ma'lumotlarni taxrirlash uchun kerakli buyruqlarni o’z
ichiga olgan; 
-Seerch (izlash) bo’limi fayllar, modullar tarkibidagi kerakli bo’laklarni izlab topish 
imkonini beradi;
-View bo’limi dastur oynasiga kerakli instrumentlar palitrasini o’rnatish, loyiha kodi va 
loyiha menedjerini ochish va ko’rish uchun mo’ljallangan; 
-Compile bo’limi loyiha va dasturlarni ishga tushirish, kompilyatsiya buyruqlaridan 
tashkil topgan; 
-Run formani ishga tushirish. 
-Options bo’limi muhit oynasining konfiguratsiya parametrlarini o’rnatish uchun xizmat 
qiladi; 
-Tools servis xizmatidan foydalanish imkonini beradi;. 
-Help yordam chaqirish uchun mo’ljallangan.
Forma oynasi. Forma C++ Builder 6 ilovalari uchun asos bo’lib, unda komponentalarni 
joylashtitrish mumkin. Uni xuddi Windows amaliyot tizimi oynalari deb qabul qilish mumkin.
Object Inspector oynasi ob'ekt xossalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi. Object Inspector 
oynasini yoritishdan avval C++ Builder 6da ob'ekt tushunchasini tavsiflab o’tamiz. Ob'ektga 
yo’naltirilgan dasturlashda dastur bu ob'ektlar tizimi bo’lib, har bir ob'ekt bir qator xossalarga ega 
bo’lishi mumkin. Xossa esa ma’lumotlar va ularni boshqarish usullaridan (protseduralardan) 
iborat. Ob'ekt xossalari bu - ob'ektga berilgan xarakteristika bo’lib, uning ko’rinishi, joylashishi 
va holatidir. Masalan, Width va Height xossalari forma o’lchamini, Top va Lift esa formaning 
ekrandagi holati, Caption - sarlovha matnini aniqlaydi. Bundan tashqari ob'ekt turli hodisalarni 
ham o’rnatishi mumkin. Hodisa deb bajarish, boshqarish usuliga aytiladi, masalan, sichqonni 
bosish, kursorni siljitish va hokazo amallarga aytiladi. 









Download 261.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling