11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy
Qadim yozma yodgоrliklarning mushtaraklik jihatlari
Download 50.31 Kb.
|
turkiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirza Fatali Oxundov ijodi
Qadim yozma yodgоrliklarning mushtaraklik jihatlari.
X -XII asrlarda yozilgan M. Koshg'ariyning “Devoni lug'atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” kabi asarlari butun turkiy xalqlarning umumiy adabiy merosi bo'lib hisoblanadi. Ma’lumki, Mahmud Koshg'ariyning “Devoni lug'atit turk” asari faqat lug'at, ya’ni so'zlarining arabcha izohli tarjimasidan iborat bo‘lib qolmasdan, balki u arablargacha bo'lgan davrdagi adabiyot namunalarini o‘zida jamlabkelgan ajoyibbadiiy asar ham bo'lib hisoblanadi. Chunki unda xalq og‘zaki ijodiga oid turli maqollar, hikmatli so'zlar, qo‘shiqlar, iboralar, dostonlardan parchalar ko'plab keltirilgan. Olti mingga yaqin turkcha so'zlarga arabcha izohlar berilgan. K o 'p g in a tu rk iy qabila va u ru g'larn in g tarixi, etnografiyasi, ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli va boshqa tomonlari haqida ham bu kitobda ma’lumotlar beriladi. Ushbu jihatdan bu asar o‘z davrining qomusiy asari darajasiga ko'tarilgan.Umum turkiy adabiyotlardan yana biri sifatida “0 ‘g‘iznoma” eposini ko'rsatish mumkin. Bu asarda turkiy xalqlaming kelib chiqish tarixi har bir urug'ning shajaralari ko'rsatilgan. Asarda ko'plab she’riy parchalar ham keltirilgan. 0‘g‘izxonning tug'ilishi bilan bog'liq bo‘lgan rivo y a tla r, uning d avlatn i boshqarish, el-yu rt obodonchiligi, turkiy xalqlarning mustaqilligi, baxti uchun olib borgan kurashlari tasvirlangan Mirza Fatali Oxundov ijodi Buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Mirzo Fatali Oxundov Nuh shahrida tug‘ildi. Dramaturg M. F. Oxundov ozarbayjon milliy teatriga asos bo‘lgan oltita komediyasini yaratdi: «Kimyogar Mullo Ibrohim Xalil» (1850), «Tabiatshunos Muse Jordan» (1850), «Qaroqchini yenggan ayiq» (1851), «Xasis kishining sarguzashti» (1852), «Lenkoran xonligining vaziri» (1850) va «Tabrizlik huquq himoyachilari» (1855). Mirzo Fatali Oxundovning nasriy asarlari orasida xalq og‘zaki ijodi materiallaridan keng foydalanib yozilgan «Aldangan yulduzlar» povesti mashhurdir. U faylasuf sifatida 1864—1865 yillarda «Kamol-ud-Dovla maktublari» nomli traktatini yaratib, unda o‘zining ilg‘or falsafiy qarashlarini bayon qildi. Download 50.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling