11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy


Download 50.31 Kb.
bet1/14
Sana14.02.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1196161
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
turkiy


11.Masnaviy ma’naviy» asari haqida.
Masnaviy maʼnaviy — Mavlono Jaloliddin Muhammad binni Bahouddin Valad Balhiy Rumiyning shoh asarlaridan biri boʻlib, bu kitob sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jildlardan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qurʼonning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdir. Bu kitob oʻn yillik muddat oraligʻida yaratilib, Mavlono vafotidan toʻrt yil avval, 1269-yilda yozib tamomlangan. Bunga qadar oʻtgan oʻn yil mobaynida uzilishlar (hijriy 660-yil va 662-yillar, milodiy 1241-yil va 1244-yillar), uyqusiz tunlar (bu haqda „Masnaviy maʼnaviy“da 1-jildning 1807—1808-baytlarida xabar bor), ochin-toʻkin holiga qaramay maʼnaviy luqma bilan kifoyalanish (1-jildning 3990—3994-baytlari) kabi holatlar kuzatiladi. Arab-fors epik dostonchiligi usulida boʻlgan, masnaviy shaklida yozilgan ushbu asar oʻzida boshqa uslublarni ham mujasam qilgan. Jumladan, Masnaviy maʼnaviy asarini olimlar didaktik doston (Yevgeniy Bertels), hamosiy (epik) sheʼrlar majmuasi (T. Purnomdoriyon), irfoniy kitob (P. Nikolson), tasavvuf qomusi (A. Shimmel) kabi sifatlar bilan atab, uning janriy oʻziga xosligini belgilamoqchi boʻldilalar. Masnaviy, Qurʼoni karimning oʻziga xos sheʼriy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan, talqinidan iboratdir, bu asar xutbasida mavlononing oʻzi izohlashicha: „Bu yuraklarga malham boʻlguvchi, gʻam-gʻussalarni ketkazguvchi, ulugʻ, itoatli mirzolar (farishtalar) qoʻllari bilan bitilgan, tahoratli, pok kishilardan boshqalarning ushlashi harom etilgan, oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan, rizq-roʻzni moʻl-koʻl qilguvchi, axloqni poklaguvchi va yaxshilaguvchi, Qur’oni karim maʼnolarini kashf etguvchi kitobdir“. Bu asardagi deyarli har bir bayt yoki Qurʼon oyati, yoki hadisi bilan asoslanganligini yoki, aksincha, biror oyat yoxud hadis maʼnosi biror voqea, hodisa va yoki rivoyat yordamida ochilganligini, musulmonlar uchun muqaddas kitobdan juda koʻp iqtiboslar olinganini taʼkidlaydi. Masnaviyda Qur’on oyatlaridan 760 marta iqtibos olingan, 745 oʻrinda, 690 ta hadisdan foydalanilgan. Masnaviy nusxalaridan yana biri Turkistonda yozilgan asardir. Bu asar 1490-yil xattot Muhammad oʻgʻli Katip Hasan tomonidan yozilgan. Ayni paytda bu asar 1981-yilda Nasrullah Yasa nomidan muzeyga sovgʻa qilingan. Kitob jigarrang, charm gʻilof, muqovalarida daraxt va gul naqshlari, orasida sher, quyon, ajdaho kabi hayvon siymolari tasvirlangan. Matn toʻrt ustun bilan yozilgan. Har bir ustunda 23 ta qator mavjud. Masnaviyning qora teriga yozilgan, bu nusxasi 1976-yilda Nechmeddin Okyay tomonidan Rumiyning, „Mavlono muzeyi“ga sovgʻa qilingan. Qogʻoz suvbelgilarisiz quyuq somon rangida, matn nesih xattotligida yozilgan, uning yoritgichlari geometrik va gulli naqshlardir, har bir sahifada 25 misra va har bir satrda ikkitadan bayt bor

Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling