11-Mavzu : Yilqichilik va tuyachilik. Yilqichilik va tuyachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari. Reja
Tuya juda kuchli xid bilish xususiyatiga ega u 17 km masofadan suv xidini sezadi
Download 48.73 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – masala.
Tuya juda kuchli xid bilish xususiyatiga ega u 17 km masofadan suv xidini sezadi. Suv zaxirasi kamayganda sarbonlar tuyalarga ishonch bilan qarashadi. Qabilalar o‘rtasida urush bo‘lganda tuyalar odamlarni bir necha bor ximoya qilib qolgan, chunki tuya zaxarlangan quduqdagi suvni xech qachon ichmaydi. U qachonki suvli joyga yetganda, to‘xtovsiz suv ichadi. Soatning turtdan bir qismida 150 l suv ichishi mumkin. Suyuqlik to‘ldi xatto qizil qon tanachalarining o‘lchami xam 200 martagacha kattalashadi.
Cho‘l sharoitida uning nafas olish organlari xam yaxshi moslashgan, burni tor tirqish shaklida, changni o‘tkazmaydi. O‘pkasi uncha katta emas, qisqargan va tana vaznining 0,4 % ni tashkil qiladi. Tuyalarning nafas olish chastotasi boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlariga nisbatan juda kam minutiga 5-12 marta nafas oladi. Yuragining vazni otning yuragiga nisbatan kam, tinch xolatda yurak urishi minutiga 35-45 marta, yurak urish pulsini dum arteriyasidan aniqlanadi. Eritrositlar oval shaklda, uning miqdori boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlaridan ko‘p (1 mm 3 13 mln gacha). Tuyalarning ko‘payish fiziologiyasi xam o‘ziga xoslik kuzatiladi. Erkak tuyalarda spermatogenez yilning sovuq faslida yuz beradi- dekabr oyidan may oyining boshlarigacha, yilning issiq davrida keskin pasayadi. Urug‘lantirish mavsumida erkak tuyalar o‘zlarini badjaxl tutadi. Ona tuyalarda kuyukish yanvardan mayning o‘rtalarigacha kuzatiladi. Urug‘lantirish mavsumida 2-3 ta kuyukish yuz beradi, kuyukish davri o‘rtacha 8 kun. Bug‘ozlik mudati o‘rtacha 365 kun (335 kundan 395 kungacha bo‘lishi mumkin). Tuyalar joyni yaxshi mo‘ljalga oladi, ularni yaylovga xaydash mumkin, ikki kundan keyin (...... keyinroq) ular o‘zlari suv ichadigan joyiga qaytishadi. Ular yolg‘iz o‘tlashni yaxshi ko‘radi katta masofalargacha tarqalib ketadi, xatto ularning ba’zi birlari boshqa quduqqa borishi mumkin, ammo xech qachon yo‘qolmaydi. Begona tuyani ko‘rgan cho‘pon tuyaning egasiga xabar beradi. 3 – masala. Tuya sutini fiziko-kimyoviy tarkibi va energetik qiymatini o‘rganish borasida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, sutni tarkibidagi moddalar miqdori ularni zotiga, yaylov xolatiga, yil fasliga va boshqa juda ko‘p omillarga bog‘likligi aniqlandi. Bakterianlar va duragaylar nar maya va kospaklar sutini kimyoviy tarkibi bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarga ega ekanligi aniqlangan.Bakterianlar suti dromaderlar va boshqa gibridlar sutiga nisbatan ancha yog‘liroq bo‘ladi. Tuya sitida kazein miqdori 65-70 % ni, energetik qiymati esa 2993,2-4057,4 dj/kg ni tashqil qiladi.Tuya suti boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari sutiga nisbatan ancha uzoq vaqtgacha aynimaydi, uni bakterialarni o‘ldirish qobuliyati yuqori bo‘lganligi sababli sutni achishini oldini oladi. 18o S da tuya sutini nordonligi 3 ko‘ngacha o‘zgarmaydi. Umuman olganda tuya suti tarkibida juda ko‘p miqdorda oqsil, yog, mineral moddalarning va boshqa moddalarning juda ko‘pligi uning juda yuqori oziqaviy qiymatga ega ekandigidan dalolat beradi.Tuya sutida yog‘, oqsil, sut qandi, vitaminlardan tashqil topgan. Quruq moddalar o‘rtacha 14,5 % bo‘lib, 13,2 % dan to 16,2 % gacha o‘zgarib turdi. Oqsil, kazein, albumin va globulindan tashqil topgan. Kazein – kazein kalsiy – fosfat qo‘shma tarkibidan iboratdir. Tuya sutining yog‘i 4,5-5,4 % ni tashqil etadi. Agar sigir sutining yog‘iga tenglashtirilsa, ularga nisbatan yog‘li ekanligi aniqlangan. Tuya sutidagi oqsil sigir suti tarkibidagi oqsillarga nisbatan ko‘prokdir. Download 48.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling