11-mavzu: Bino va inshootlar temirbeton konstruksialarini loyihalashning umumiy prinsiplari. Loyihalashning asosiy nizomlari. Reja


Download 20.2 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi20.2 Kb.
#265163
  1   2
Bog'liq
11-mavzu


11-MAVZU: Bino va inshootlar temirbeton konstruksialarini loyihalashning umumiy prinsiplari. Loyihalashning asosiy nizomlari.

Reja:

  1. Temirbeton konstruksiyalar loyihalashning umumiy prinsiplari.

  2. Loyihalashning asosiy nizomlari

Loyiha — bino, inshoot yoki ular majmuasini qurishda bajariladigan barcha ishlami o'zida jamlagan texnik hujjatlar majmuasi. Bino va inshootlar namunaviy (tipovoy), xususiy va eksperimental loyihalar asosida qurilishi mumkin. Namunaviy loyiha — ko‘p marta qayta foydalanish uchun m o‘ljallanadi. Uni ishlab chiqishda iqtisodiy va ekspluatatsion talablar, qurilish rayonining tabiiy-iqlim sharoitlari, shu bilan birga yuksak darajadagi hajmiy-rejaviy va konstruktiv talablar to‘liq inobatga olingan bo'lishi lozim. Namunaviy loyihalar asosida ommaviy qurilishlar quriladi (turar-joylar, maktablar, bolalar bog'chasi, kasalxonalar va h.k.). Namunaviy loyihalarni qo‘Hash jarayonida qurilish joyi uchun boglovchi (ya’ni, namunaviy loyihaning aniq joyi uchun relyef, gruntlarni shaharsozlik vaziyatidan kelib chiqqan holda) loyiha ishlab chiqiladi. Bunday bog'lovchi ishchi loyiha tarkibiga poydevor, yerto'la, sokol qismi qayta aniqlangan loyihalar, bino muhandislik tarmoqlarining tashqi tarmoqqa ulanish chizmalari kiradi. Xususiy loyiha - nodir va murakkab bo'lgan, muhim shaharsozlik ahamiyatiga ega binolar va ulaming majmuasini loyihalashtirishda ishlab chiqiladi. Eksperimental loyihalar keyinchalik ommaviylashtirish maqsadida yangi turdagi binolami loyihalash va turli sharoitlarga tekshirish maqsadida joriy etiladi. Loyihalar loyihalash tashkilotlarida, loyihalash institutlarida ishlab chiqiladi. Loyihalashtirishni boshlash uchun dastlabki hujjat — loyiha uchun topshiriq hisoblanadi. Uni buyurtmachi loyihalash tashkiloti bilan biigalikda tuzadi. Loyihalash uchun topshiriq loyihalanayotgan bino vazifasi, quwati (kattaligi) haqidagi hamda qurilish rayonining tafsilotlari, maydonning geodezik loyihasi, obyekt qurilishining boshlanishi va tugallanish muddati, ishlatiladigan qurilish konstruksiyalari va materiallari haqida zarur bo'lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Topshiriq va qurilish m e’yorlari va qoidalari asosida xonalar tarkibi, ulaming maydoni va ularga hamda butunlay binoga hajmiy-rejaviy, konstruktiv va me’moriy-badiiy yechimlar nuqtayi nazaridan qo'yiladigan asosiy talablami o'zida mujassamlashtirgan loyihalash dasturi ishlab chiqiladi. Fuqaro va sanoat binolarini loyihalash ikki va bir bosqichli bo'lishi mumkin

Loyihalash jarayonida noto'g'ri loyiha yechimi. loyihachining xatosi, tashqi yuklar, qurilish konstruksiyalarining holati va ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiya sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning etarli emasligi, tabiiy yemirilish va ayrim qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalari hamda ulaming real yemirilishi jadalligi haqidagi eksperimental maiumotlaming yetishmasligi (yoki umuman bo'lmasligi), bino funksiyasini noto‘g‘ri modellashtirish va boshqa turli salbiy omillarni hisobga olinmasligi loyihalash jarayonida yo‘l qo'yiladigan xatoliklar hisoblanadi.

Binoni ko'tarib turuvchi konstruksiyalar, ya’ni poydevorlar, devorlar, alohida tayanchlar, qavatlararo yopmalar fazoda bir-biri bilan bog'lanib, bino negizini tashkil etadi.

Bino negizi — ko'tarib turuvchi elem entlarining fazoda qanday joylashtirilganiga qarab, binolarni quyidagi konstruktiv turlarga ajratish mumkin: — karkassiz binolar o'zaro bog'langan tashqi devorlar va qavatlararo yopmalardan iborat. Binoning tashqi va ichki devorlari orayopmalar hamda tom og'irligini qabul qiladi. Turar-joylar, maktablar va boshqa jamoat binolari qurilishida ana shu konstruktiv tur keng tarqalgan: — karkasli binolarda ustunlar sistemasi gorizontal to'sinlar bilan birgalikda bino skeletini tashkil qiladi. Binoning karkasi binoga ta’sir qiladigan barcha kuch va og'irliklami qabul qiladi. Karkasli bino konstruksiyalari vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qilib, ko'tarib turuvchi va himoyalovchi guruhlarga bo'linadi. Bu holda tashqi devorlar faqat himoyalovchi funksiyani bajarib, ular o'z-o'zini ko'taruvchi yoki ilib qo'yilgan bo'lishi mumkin;




Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling