Doiralari,tushunchalari
Download 30.5 Kb.
|
6. Elektr tarmoqlari va tizimlari. 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr kabellarining turlarini, simlar va kabellarni yotqizish usullarini tanlash
Reja:Elektr o’tkazgichlar, kullash doiralari,tushunchalari.Elektr o’tkazgichlarning turini tanlash, sim va kabellarni tanlash hamda ularni joylashtirish usullariElektr kabellarining turlarini, simlar va kabellarni yotqizish usullarini tanlashElektr o’tkazgichlar (электропроводка) deb, ushbu Qoidalar talablari asosida o’rnatilgan elektr uzatmalar, kabellar va ularni ushlab turuvchi, himoyalovchi konstruksiyalar, moslamalarga ataladi. Kabel, sim, himoyalangan va himoyalanmagan sim, maxsus kabel va sim atamalari Davlat standartlari bo’yicha belgilangan. Elektr o’tkazgichlar quyidagi turlarga bo’linadi: Ochiq elektr o’tkazgichlar (открытая электропроводка) - devorlar, shiftlar, maxsus konstruksiyalar va bino - inshoatlarning boshqa qurilish elementlari, ustunlar va hokazolar ustidan yotkizilgan uzatmalar. Elektr uzatmalar va kabellardan ochiq o’tkazigichlar bajarilishida quyidagi usullardan foydalaniladi: to’g’ridan-to’g’ri devorlar, shiftlar va hokazolar usti bo’ylab, troslarda, maxsus g’ildirakchalarda, izolyatorlarda, trubalarda, qutilarda, egiluvchan metal quvurlarda, lotoklarda, elektrotexnik chaspeklar va erkin osib va hokazolar. Ochiq o’tkazgichlar stasionar, mobil va ko’chma bo’lishi mumkin. Yashirin elektr o’tkazgichlar (скрытая электропроводка) - bino va inshoatlarning konstruksiyalari elementlari ichida (devorlar, pollar, poydevorlar, to’siqlar) yotqizilgan, shuningdek, poli yechiladigan joyda pol osti to’siqlari ichidan bajarilgan va hokazo. Yashirin o’tkazgichlarni bajarishda simlar va kabellarni yotqizishda quyidagi usullardan foydalaniladi: trubalarda, qutilarida, egiluvchan metal quvurlarda, qurilish konstruksiyalari yopiq kuvuri va bo’shliqlarida, suvoq osti yo’laklarida va suvoq ostida, qurilishda qulaniladigan monolit moslamalarda maxsus qoldirilgan yo’laklarida. Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling