Tashqi elektr o’tkazgichlar (наружные электропроводки) deb bino – inshoatlarning tashqi devorlari, tom osti va hokazolari bo’ylab, shuningdek binolar orasida tayanchlarda (xar birini orasi 25 m gacha bo’lgan 4 tadan oshmagan) ko’cha, yo’llardan tashqari va hokazo joylarda. Tashqi elektr o’tkazgichlar ochiq va yashirin elektr uzatgichlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Havo uzatish tarmog’idan ulanadigan kirish uzatmalari (вводом от воздушной линииэлектропередач) deb ichki tarmoqni tashqi havo tarmog’i bilan bog’lovchi, bino – inshoatlarning tashqi yuzasiga o’rnatilgan (devorga, tomga) izolyatorlaridan kirish tarqatish qurilmasi qisqichlariga bo’lgan qismi tushuniladi.
Elektr o’tkazgich yukini kutarib turuvchi tor (струной как несущим элементом электропроводки) deb devor, tom va hokazolargacha tortilgan va unga o’tkazgich, kabel va ularning to’plamlari qotiriladigan po’lat simga aytiladi.
Elektr o’tkazgichlarni olib yuruvchi polosa (полосой как несущим элементом электропроводки) deb devor, tom va hokazolar yuziga qotiriladigan va unga o’tkazgich, kabel va ularning to’plamlari maxkamlanadigan metall polosaga aytiladi.
Elektr o’tkazgich yukini ko’tarib turuvchi tross (тросом как несущим элементом электропроводки) deb havo bo’ylab tortilgan va unga o’tkazgich, kabel va ularning to’plamlari qotiriladigan po’lat sim yoki kanatga aytiladi.
Quti (кароб) deb unga uzatma va kabellarni yotqizish uchun mo’ljallangan tekis yopiq tug’ri burchakli yoki boshqa kesimli konstruksiyasidir. Quti, unga yotqizilgan uzatma va kabellarni mexanik shikastlanishdan himoya qilish vazifasini o’tashi kerak.
Qutilari yopiq yoki ochiladigan qopqoqli, devorlari va qopqog’i tekis yoki qovurg’ali bo’lishi mumkin. Yopiq devorli qutilar, har tomonlama tekis devorli qopqoqsiz bo’lishi kerak. Qutilar xonalardagi va tashqaridagi qurilmalarda qo’llaniladi.
Lotoklar deb unga uzatma va kabellarni yotqizish uchun mo’ljallangan ochiq konstruksiyalarga aytiladi.
Lotoklar, unga yotqizilgan uzatma va kabellarni mexanik ta’sirdan himoyalamaydi. Lotoklar yonmaydigan materiallardan, tekis, qovurg’ali va panjarali bo’lishi kerak. Lotoklar xonalardagi va tashqaridagi qurilmalarda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |