Laboratoriya mashg’uloti 2. Qovushqoq suyuqliklarning trubalarda harakatini o‘rganish
Ishdan maqsad: Suyuqlik qovushqoqligini Ostvald-Pinkevich viskozimetri yordamida aniqlashni o`rgatish.
Kerakli jihozlar: 1) distillangan suv, 2) tekshiriladigan suyuqlik (gletsisrin), 3)sekundomer, 4) noksimon pipetka, 5) Ostvald – Pinkevich viskozimetri
Vazifalar:
1- QISM
Ostvald – Pinkevich viskozimetrining tuzilishi bilan tanishing (a rasm). Ostvald – Pinkevich viskizometri U shaklidagi shisha naydan iborat bo`lib, u kapillyar (1) sharchalar (4-5) va rezervuar (6) dan iborat bo`lib, nayning ochiq uchi (3) dan rezervuar (6) to`lguncha (3 – 4sm) suyuqlik quyiladi. (2) ga ulab, uning yordamida suyuqlik “a” belgidan ko`tarilguncha tortiladi. Naydan nokni ajratilsa, suyuqlik sharchalardan kapillyar orqali oqa boshlaydi. Suyuqlikni belgilangan hajmdan ya`ni “a” belgidan “b” belgigacha oqish vaqti o`lchanadi.
|
Nay (3) orqali rezervuar (6) to`lguncha viskozimetrga suv quying (b rasm).
Nay (2) orqali rezina nok bilan suvni “a” belgidan ko`tarib sharcha (5) ga chiqquncha torting (c rasm).
Rezina nayni nokdan ajratib, distillangan suvni belgilangan hajm 4 (“a” va “b” belgilar) dan kapillyar orqali oqish vaqti t0 ni o`lchang (d rasm).
|
|
Viskizometrdagi suvni to`kib, o`rniga tekshiriladigan suyuqlikni quyib, tajribani takrorlang (e, f, g rasmlar). .
Har bir suyuqlik uchun o`lchovlarni 5 martadan takrorlab jadvalga yozing .
|
Do'stlaringiz bilan baham: |