11-Mavzu: Dasturlash asoslari. Asosiy savollar


Download 485.81 Kb.
bet19/28
Sana02.01.2022
Hajmi485.81 Kb.
#201394
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
2 5465462316428429474

TComboBox


Tahrir sohasi hamda matn variantlarining tushib qoladigan ro’yxati kombinatsiyasini tanlash uchun ishlatiladi.

Text xususiyatining qiymati bevosita tahrir sohasiga kiritib qo’yiladi. Foydalanuvchi tanlab olishi mumkin bo’lgan ro’yxat elementlari Items xususiyatining ichida bo’ladi. Dasturning bajarilish paytida tanlab olinishi mumkin bo’lgan element raqami ItemIndex xususiyatining ichida bo’ladi. Tanlab olingan matnning o’zi esa SelText xususiyatining ichida bo’ladi. SelStart va SelLength xususiyatlari matnning qaysi qismini tanlab olishni belgilab berish yoki matnning qaysi qismi tanlab olinganini bilish imkonini beradi.

Items obyektining Add, Append, Delete va Insert metodlari yordamida ro’yxat elementlarini dinamik tarzda qo’shish, o’chirish orasiga qo’yish va o’rnini almashtirish mumkin. Masalan:

ComboBox->Items->Insert(0, «Ro’yxatdagi birinchi element»);

Sorted xususiyatining true elementi ro’yxat elementlarini alifbo tartibida navlarga ajratilishini ta’minlaydi. TComboBox komponentasining turini Style xususiyatidan tanlab olish mumkin.

TComboBox komponentasi TCustomComboBox sinfining hosilasi bo’lib uning barcha xususiyatlari, metodlari va voqealariga vorislik qiladi.


Download 485.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling