Vizual komponentalar palitrasi. Vizual komponentalar palitrasini bir qismi monitorda ko’rinib turadi, qolganlarini o’ng va chapga siljituvchi tugmachalar vositasida ko’rishimiz mumkin.
Ekran (monitor) markazida forma (shakl) dizayneri joylashgan (3-rasm).
3-rasm. Forma (shakl ) dizayneri
Bu bo’lg’usi dasturning interfeysini hosil qiluvchi oynadir. Oynaning nomi va sarlavhasi uning tepasida yozilgan bo’ladi. Odatda, Form l (Form 2, Form 3, Form 4) va shuningdek oynani berkituvchi va kichraytiruvchi tugmachalar ekranning o’ng tepasida joylashgan bo’ladi. Oynaning sathiga vizual dastur uchun zarur bo’ladigan VCL komponentalar joylashtiriladi.
Forma (shakl) dizayneri ostida dastur kodi muharriri joylashgan, odatda u Unit1.cpp sarlavha bilan beriladi. Bu oyna dastur kodini kiritish va tahrir qilish uchun mo’ljallangan (4- rasm).
Ekranning chap past qismida Obyektlar inspektori oynasi joylashgan. Bu oyna Object Inspector kabi sarlavxa bilan beriladi (5-rasm). Bu oynada vizual komponentalarga xususiyatlar o’rnatiladi. Bu oynani dasturchi o’zi xoxlagan ekran sathiga joylashtirishi mumkin.
4-rasm. Dastur kodi muharriri
5-rasm. Obyektlar inspektori oynasi
Obyektlar inspektori oynasi ostida Obyektlarni daraxtsimon ko’rinishi oynasi (6-rasm) joylashgan. Bu oynada ilovadagi barcha obyektlar daraxt strukturasi shaklida ifodalangan bo’ladi. Formalar, dastur kodi va boshqa dastur tarkiblari fayllari berilgan bo’ladi.
6-rasm. Obyektlarni daraxtsimon ko’rish oynasi.
Bu interfeys ilova tuzatayotganda eng asosiy foydalanayotgan qurolimiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |