11 Mavzu: Elektromagnit nurlanishdan himoyalanish
Nurlanishdan himoyalanish
Download 199.56 Kb.
|
11-mavzu. Elektromagnit nurlanishdan himoyalanish
Nurlanishdan himoyalanish
Respublikamizda yo’lga qo’yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. SHuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo’lgan taqdirda ham hech qanday o’zgarish bo’lmasligi mumkin. «Yuqori, o’ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo’yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligikerak. Magnit tarkibi bo’yicha esa 100 kGs- 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo’lishi kerak. Elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqrok joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo’naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani o’zgartirish, generatorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi ekranlar o’rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi. Oraliqni uzaytirish yo’li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo’lgan ishchilarvashuningdek, nurlanuvchi qurilmalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin. Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri - ekranlar usulidir. Ekranni to’g’ridan-to’g’ri elektromagnit to’lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o’rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o’tkazadigan materiallardan yasaladi. Ekranlarning muhofazalashxususiyati, elektromagnit maydoni ta’sirida ekran yuzasida Fuko tokining hosil bo’lishiga asoslangan. O’z navbatida Fuko toki elektromagnit maydoniga qarama-qarshi zaryadga ega bo’lgan zaryad hosil qiladi. Ionlashtiruvchi nurlanish - to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita muhitning ionlanishiga olib keladigan har qanday nurlanish (zaryadlangan atomlar yoki ion molekulalarining hosil bo'lishi). Rentgen nurlari yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir Ushbu nurlarning ta'siri ostida inson tanasida gematopoetik organlarning funktsiyalari inhibe qilinishi, gematopoetik organlarning funktsiyalari buzilishi, oshqozon-ichak traktining buzilishi va tananing charchashi, organizmning yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayishi va boshqalar bo'lishi mumkin. Lazer nurlanishi va undan himoya choralari Lazer nurlari elektromagnit to’lqinlarining ultrabinafsha nuridan tortib infra qizil nurlarigacha bo’lgan spektr sohalarining hammasini o’z ichiga olgan optik diapazonini qamrab oladi. Lazerning nurlanish oqimi juda kichkina (tashkil qilgan burchagi 1oS) oqim yo’nalishidan iborat bo’lganligidan oqim kuchlanishi zichligi nurlantirilayotgan yuzaga nisbatan juda katta bo’ladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011-1014 Vt/sm2 ni tashkil qiladi. Har qanday qattiq jism 109 Vt/sm2 kuchlanishda parlanib ketishini hisobga olsak, buning qanday kuchlanish ekanligini tasavvur qilish mumkin. Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib kolsa biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda og’ir ta’sir ko’rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak qon aylanish sistemasini, markaziy nyerv sistemasini ko’zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. SHuningdek, nurlanish qonning qo’yilishiga yoki parchalanishiga, qattiq toliqishiga, bosh og’rig’iga, uyqusizlik dardlariga giriftor qiladi. Download 199.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling