11 Mavzu: Elektromagnit nurlanishdan himoyalanish
Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri
Download 199.56 Kb.
|
11-mavzu. Elektromagnit nurlanishdan himoyalanish
Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri
Insonni elektromagnit maydonlardan himoya qilish hozirda uning sog'lig'ini himoya qilish uchun kerakli yo'nalish hisoblanadi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasidaqon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi toklar hosil bo’lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo’ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo’lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko’rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o’zgarishi hisobiga bo’ladi. Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko’rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko’rsatadi. Ular to’g’ridan-to’g’ri markaziy nyerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi, hujayralarning yo’nalishini o’zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo’nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va minyeral moddalar almashinivuni o’zgartiradi. Ammo bu o’zgarishlar funksional xaraktyerda bo’lib, nurlanish ta’siri to’xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og’riq sezgilari yo’qoladi. Barcha tirik organizmlar tashqi radiatsiya bilan o'zaro ta'sir qiladi. So'nggi besh yil davomida bizni sun'iy elektromagnit maydonlar o'rab olgan edi, ular asosan tabiiy dunyodagi nozik, nochor energiyani almashtirdilar. 24 soat davomida elektr tarmoqlari, kompyuterlar, televizorlar va turli xil elektron qurilmalar tomonidan tarqalgan zarralar odamlarga ta’sir qiladi. Bugungi kun uchun eng dolzarb masala - bu gadgetlar tomonidan yaratilgan elektromagnit maydonlardan qanday muhofaza qilish kerakligi masalasi. Ushbu sohada uzoq va jiddiy izlanishlar olib borildi. Ammo bugungi kunda bu savolga aniq javob yo'q. Shifokorlar faqatgina uyali aloqa xizmatidan foydalanish davrida hech kimning sog'lig'iga jiddiy zarar etkazmaganligi faktini ta'kidlashadi. Download 199.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling