11-mavzu. Fikrlash dizayni “Design thinking”
Fikrlash dizayni bosqichlari
Download 25.91 Kb.
|
11-mavzu FIKRLASH DIZAYNI “DESIGN THINKING”
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bosqich – empatiya.
7.3. Fikrlash dizayni bosqichlari
Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat: Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash vakonvergent (lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan aniq foydalanish. 1-bosqich – empatiya. Insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi. Empatiya – o‘zini boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rish va uning hissiyotlari, xohish-istaklari, g‘oyalari va harakatlarini tushunishga harakat qilish. Empatiyaning asosiy jihati – birga qayg‘urish ongli ravishda ro‘y beradi. Siz bir xil hissiyotlarni boshingizdan kechirasiz, lekin bu hissiyotlarning tashqi ro‘y berishini tushunasiz va tanqidiy idrok qilishni saqlab qolasiz. Empatiya - bu siz ataylab qiladigan narsalardir. Sizning vazifangiz – odamlar NIMA qilishi, buni NIMA UChUN qilishi, atrofdagi olamni QANDAY KO‘RIShI, qanday QADRIYaTLARGA EGALIGIni aniqlab olish, shuningdek, emotsional va jismoniy EHTIYoJLAR haqida bilib olishdan iborat. Empatiya ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish va boshqarishda ko‘plab narsalarni belgilab beradi. Masalan, mahsulot yoki loyiha kim uchun mo‘ljallangan ekanini tushunmasdan uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Dizayner o‘zining emas, boshqa kishilarning muammolarini hal qiladi. Yaxshi dizayn yaratish uchun, nima aynan uning uchun muhimligini tushunish maqsadida inson bilan birga qayg‘urish lozim. Odamlarni, ularning harakatlari va atrofdagi olam bilan o‘zaro munosabatlarini kuzatib, siz ular nima haqida o‘ylayotgani, nimalarni his qilishi va nimalarga ehtiyoj sezishini tushunib olasiz. Aynan shunda odamlarga, ularning ishlari va so‘zlariga empatiya namoyish etish, ularning qadriyatlarini tushunish mumkin. Ishonch ohangidagi suhbat dizaynerga odamlar bilan o‘zaro aloqa qilishning to‘g‘ri yo‘llarini va innovatsion yechimlarni osonroq topishga yordam beradi. Lekin bu prinsiplarni aniqlab olish oson emas. Bizning ongimiz avtomatik ravishda katta hajmdagi axborotni qayta ishlaydi, shu sababli ko‘plab muhim jihatlarni sezmay qolishimiz mumkin. Odamlarga va turli vaziyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga empatiya yordam beradi. Sizga yaqin bo‘lgan odamlar uchun loyihalar topish oson. Masalan, siz milliy taomlarni yaxshi ko‘rasiz va sizdan tanishlaringiz oqshom uchun promo-sayt yaratishni so‘radilar. Siz sayt kimlar uchun ekanligini, u yerda nimalar bo‘lishi lozimligini juda yaxshi tushunasiz. Saytni yaratasiz, o‘zingiz ham bundan zavq olasiz. Agar mijoz konsalting yoki yuridik kompaniya bo‘lsa nima qilish kerak? Bu neytral mavzu, lekin odam o‘zini qiziqtira olishi, turmush tarzi unga tanish bo‘lmagan boshqa kishining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘ra olishi lozim. Bu paytda sizning professionalligingiz tekshiriladi. Foydalanuvchi olamiga sho‘ng‘ish, uning muammolarini va ehtiyojlarini bilib olish, u boshidan kechiradigan tajribalarni, muhit bilan va boshqa odamlar bilan qanday aloqa qilishini o‘rganish zarur. Axborot to‘plash usuli bo‘yicha tadqiqotlar birlamchi va ikkilamchi tadqiqotlarga ajratiladi. Birlamchi tadqiqot bu – bevosita o‘zaro aloqa: intervyu, kuzatuv, eksperimentlar o‘tkazish. Ikkilamchi tadqiqot – ochiq manbalar: statistika, trendlar, OAVdagi nashrlardan axborot olishdir. Ikkilamchi tadqiqotlar fikrlash dizaynda u qadar muhim emas, chunki birinchi o‘rinda odamlarning tajribasi qiziqtiradi. Lekin shunga qaramay, umumiy muammoni tushunish uchun sizning yo‘nalish doirasida bo‘lgan holatlarni bilib olish, odamlar sizning muammo haqida internetda nimalar yozishi, qanday xatolar bo‘lgani, qanday yechimlar mavjudligi va kelajakda nimalar loyihalashtirilgani bilan qiziqish lozim. Agar gap veb-sayt ishlab chiqish haqida boradigan bo‘lsa, raqobatchilarning saytlarini, poligrafiya mahsulotlarini ko‘rib chiqish, uslublarni tadqiq etish va trendlarni tahlil qilish zarur. Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling