11. Mavzu. Galen va neogalen preparatlar, tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi Mashg‘ulotning jixozlanishi
Draje ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi
Download 65.01 Kb.
|
амалий 11
Draje ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.
Draje - dorivor va yordamchi moddalarni shakarli granulalarga ko‘p marotaba qatlamlash (drajelash) yo‘li bilan olinadigan qat’iy dozalangan dorivor shakl. Dorivor va yordamchi moddalardan iborat smetanaga o‘xshash massami shakarli sirot yoki kraxmal kleyster yordamida avvaldan tayyorlab qo‘yadilar. Tabletkalarning achchiq ta’mi yoki xidini niqoblash, tashqi ko‘rinishini jozibali qilish, tabletkaning tarkibiy qismlarini noqulay tashqi ta’sirlardan himoya qilish, tabletkaning ta’sir qiluvchi qismining oshqozonda parchalanishidan saqlash maqsadida ular ko‘pincha drajelanadi. Drajelash qiyshiq o‘rnatilgan elips shaklidagi aylanuvchi qozonlar bo‘lgan obduktorlarda (drajelash qozonlari) amalga oshiriladi. Obduktorga quvur o‘tkazilib, undan issiq xavo yuboriladi. Drajelash jarayoni shunday kechadiki, dorivor shakl (tabletka, pilyulya) yoki shakarli granulalar obduktorga solinib, tegishli qoplovchi eritmaga botiriladi. Qozon aylanayotganda va bir vaqtning o‘zida issiq xavo ta’sirida dorivor shakl qoplanishi va uning quritilishi ro‘y beradi. Bu bo‘limda yuqori xarorat (30 S gacha) va tinimsiz shovqin asosiy ishlab chiqarish zararlari bo‘lib. ishlayotgan motorlar shovqin chiqaradi. Bundan ilgari, dorivor shakllar aralashtirilayotganida bir-biriga urilib, shovqinni kuchaytiradi. Uskuna ishonchli germetizatsiyalanganda va oqimli tortish ventilyasiyani samarali ishlatganda obduktorlar oldidagi apparatchilarning ish joylarilagi dorivor chash tarkibi eKK dan oshmaydi. Drajelash bo‘limidagi profilaktika choralari birinchi navbatda shovqinni yo‘qotishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda obduktorlar shovqinni cheklovchi joylarga o‘rnatiladi. Issiqlik omilini bartaraf etish uchun obduktorga issiq havo uzatuvchi kommunikatsiya tizimlarni o‘rnatish. Chang chiqarish bilan kurashish uchun obduktorlar bortdagi changtortgich bilan jihozlanishi shart. Bundan tashqari, bo‘limda umumiy almashuvchi oqimli tortish ventilyasiyasi zarur. Drajelash bo‘limida ishlovchilar maxsus (sut) bilan va shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart. Download 65.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling