11. Mavzu. Galen va neogalen preparatlar, tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi Mashg‘ulotning jixozlanishi
Download 65.01 Kb.
|
амалий 11
11.Mavzu. Galen va neogalen preparatlar, tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi Mashg‘ulotning jixozlanishi: tarqatma materiallar Mavzuni asoslash: Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. Tabletkalar - tayyor dorivor preparatlarning presslangan kukunlari yoki aralashmalaridan iborat qat’iy dozalangan dorivor shakldir. Tayyorlash usuliga ko‘ra tabletkalar presslangan va trituratsion turlarga bo‘linadi. Presslangan tabletkalar eng keng tarqalgan. Tabletka tarkibiga dorivor moddadan tashqari yordamchi birikmalar ham kiradi, ular belgilanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: - aralashtirmalar, ular tabletkaga zaruriy massa hosil qilish maqsadida quyiladi (kraxmal, sutli qand, lavlagi qandi, glyukoza, magniy oksidi kaolin, sorbit va b.); parchalovchilar - oshqozon yoki ichakda tabletkaning mexanik bo‘linishini ta’minlovchi birikmalar. Ularga shishish (agar-agar, jelatin va b.) yoki gaz hosil qilish (limonli yoki vino-tosh kislotali natriy nitrokarbonat) hisobiga tabletkani parchalovchi yoki namlanishni yaxshilovchi (kraxmal, tvinlar, spenlar va b.) moddalarning uch guruhi kiradi; sirg‘anuvchi yoki moylovchi moddalar, ular tabletkaga uning sirg‘anishini yaxshilash uchun qo‘shiladi (kraxmal, talk, parafin, stearin kislotasi, alyuminiy silikati va b.); granula va tabletkalarni mustaxkamligini oshirish uchun foydalaniladigan bog‘lovchi yoki elimlovchi moddalar (glyukoza, selliloza, algin kislotasi va b. ). Tabletkalarning tayyorlash uchta asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o‘z ichiga oladi, bular: aralashtirish, granulalash (donalash) va presslash (tabletkalash). Tabletkalashga mo‘ljallangan dorivor moddalar farmatsevtika zavodiga etkazib berilib, omborda standart o‘ramda standartlanadi. Zaruratga ko‘ra ular tabletkalash sexiga kelib tushadi. So‘ngra dorivor va yordamchi birikmalarini quritish, maydalash, elakdan o‘tkazishdan iborat materialning tayyorlanishi amalga oshiriladi. Bu bosqichda ishlovchilarga turli xil moddalar changi ta’sir qiladi, bunda nafas organlari orqali organizmga bir vaqtning o‘zida bir nechta moddalarning changi kirishi mumkin. Ingridientlari aralashtirish dorivor moddalar reglamenta ko‘ra aralashtiriladigan aralashtirgichlarda amalga oshiriladi, so‘ngra keyinchalik granulalash uchun zarur bo‘lgan elimlovchi modda bilan boshqa idishda namlanadi. Download 65.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling