11-mavzu. Gazlamadan amaliy darslarni tashkil etish metodikasi. Reja
Download 22.73 Kb.
|
11-maruza
P a x ta -g ‘o‘za deb ataladigan o‘simlik urug‘ini qoplab turadigan ingichka tolalar bo‘lib, to‘qimachilik sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta deyarli toza sellulozadan iborat. Pishgan paxta tolasining 95 -96 % 6 sellulozadan; 4 -5 % turli aralashmalar- moy, mum, bo‘yoq va mineral moddalardan iborat. Paxta tolasining gigroskopikligi ancha yuqori. Paxta namni tez shimadi va tez quriydi. Paxta tolasi suyultirilgan kislotalar ta’sirida ham yemiriladi, kislotalar uzoq ta’sir qilib turgan ip-gazlama quritilgandan keyin xuddi papiros qog‘ozidek yirtilib ketaveradi.
Konsentratsiyalangan sulfat kislota ta’sirida paxta tolasi ko‘mirga aylanadi. Sovuq o‘yuvchi ishqorlar tolalarni shishiradi, natijada buramdorligi yo‘qoladi, sirti silliqlanadi, ipakka o‘xshab tovlanadi, pishiqligi ortadi, bo‘yaluvchanligi yaxshilanadi. Qaynoq o‘yuvchi ishqorlar havo kislorodi ishtirokida paxta sellulozasini oksidlantiradi va tolaning pishiqligini kamaytiradi. Kimyoviy tozalashda qo`llaniladigan organiк eritgichlar ta’sir qilmaydi. Yorug`lik ta’siri paxta pishiqligini asta-sekin yo‘qotadi. 150°C da dazmollaganda quruq paxta tolalari o‘zgarmaydi, harorat bundan oshganda biroz sarg‘ayadi, qo‘ng‘ir tusga kiradi va 250°C da ko‘mirga aylanadi. Paxta tolalari sargish alanga berib yonadi, kuyganda kul hosil qiladi. Paxta tolali gazlamalar kuydirilganda kuygan qog‘oz hidi keladi. Zig‘ir-poyaning lub qismidan olinadigan tola bo‘lib, tarkibida 80% selluloza va 20% boshqa aralashmalar bo‘ladi. Lignin moddasi borligi uchun zig‘ir tolasi paxtaga qaraganda ancha pishiq bo‘ladi. Zigirning xossalari paxtanikiga o‘xshash: gigroskopikligi 12%, namni tez shimadi va tez quriydi, issiqni yaxshi o‘tkazadi, paypaslab ko‘rilganda qo‘lga sovuq unnaydi, kislota va ishqorlar ta’siri xuddi paxta tolasi ta’siriga o‘xshaydi. Qizigan dazmol ta’siriga yaxshi chidaydi, xuddi paxtaga o‘xshab yonadi. Jun -junli hayvonlarning teri qatlamidagi shoxsimon o‘simtalardir. Respublikamizda qo‘y, tuya, echki, qoramol va quyon juni keng miqyosda ishlatiladi. Kimyoviy tarkibida oqsillar mavjud. Gigroskopikligi yuqori, namni tez shimib, sekin quriydi. Ho`llab dazmollaganda cho‘ziluvchanligini o‘zgartira olish 7 va kirishish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun junni dazmollab qisqartirish, cho‘zish, dekotirovka qilish mumkin. Kiyimni kimyoviy tozalashda qo`llaniladigan barcha organik eritgichlar ta’siriga jun yaxshi chidaydi. Jun kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham ta’sirlashishi mumkin. Quruq jun tolalari 110°C va undan yuqori haroratda pishiqligini yo‘qotadi. Junning yoruglikka chidamliligi paxta va zig‘irga nisbatan yuqori. Jun yonayotganda alanga ta’sirida tolalari bir-biriga yopishib qoladi, alangadan chiqarilgandan so‘ng yonishdan to‘xtaydi, tolalar uchida qora sharchalar hosil bo‘ladi, kuygan pat hidi keladi. Download 22.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling