11-mavzu. Gazlamadan amaliy darslarni tashkil etish metodikasi. Reja
Download 22.73 Kb.
|
11-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
11-mavzu. Gazlamadan amaliy darslarni tashkil etish metodikasi. Reja: 1.Gazlama va ip turlari. Gazlamaning xususiyatlari. 2.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. Gazlama bilan ishlash metodikasi. 3.Gazlamaga ishlov berish(o`lchash,andozaolish va qirqish) metodikasi.Gazlama bilan ishlashda ish joyini tog`ri tashkil etish talablari. Tayanch iboralar: texnologiya, Kulolchilik va xaykaltaroshlik, Plastilin Plastilinga ishlov berish, sanitariya-gigiyenik talablar. Gazlama va ip turlari. Gazlamaning xususiyatlari Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi. Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz gazlamalar boʻladi. Gazlamadan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. Gazalamalar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). Gazlamaning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus dinamometr yordamida anikdanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni oʻlchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va b. hollarda oʻlchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik gazalamalarning qalinligi 0,1—5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan oʻlchanadi. Gazalamalarni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda gazlama tekis va chiroyli boʻlib chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda gazlama maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan gazalama boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga oq tus berish. Gazlamalar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladi. Sidirgʻa boʻyash — gazalamalarni turli ranglar bilan bir xil qilib boʻyash. Gul bosish — gazalamaning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda gazalamalar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan gazalama bezak mato deb ataladi. Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) toʻqiladi. Bezak gazalamalar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi. Oʻngi tekis, gʻadirbudur va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak. Hozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalarining oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri-aholini sifatli, bejirim, tikuvchilik buyumlari, zamonaviy kiyim-kechaklar bilan ta’minlashdan iborat. Tikuvchilik buyumlari insonlarni atrof-muhitning turli xil nomaqbul ta’sirlaridan (issiq, sovuq, nam, chang va hokazo) himoya qilishga, ularning go‘zalligini ta’minlashga mo`ljallangan. Tikuvchilik korxonalari aholini sifatli kiyim-kechaklar bilan ta’minlashi uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, materiallarning assortimentlarini kengaytirish zarur. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi davrda, asosiy xomashyoni yetkazib beruvchi to‘qimachilik sanoatida bir qancha qo‘shma korxonalarning ochilishi bu sohaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. To‘qimachilik sanoati korxonalari tikuvchilik korxonalariga turli xil ko‘rinishdagi kiyim-kechaklar tikish uchun har xil gazlamalar, tikuvchilikda ishlatiladigan g‘altak iplarni yetkazib beradi. Tikuvchilik jarayonida ishlatiladigan matolar tolaviy tarkibiga ko‘ra tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarga bo‘linadi. Tabiiy tolali gazlamalarga paxta, zig‘ir, jun, ipak tolalaridan olinadigan gazlamalar kiradi. Download 22.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling