Hozirgi kunda dunyo bo`yicha aholini mo`l va sifatli oziq ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash maqsadida chorvachilik sohasida qator ishlar qilinmoqda
Download 26.26 Kb.
|
Hushnoza Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ob`ekti va predmeti.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
- Tadqiqot ishining usullari
- Mavzuning amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda dunyo bo`yicha aholini mo`l va sifatli oziq ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash maqsadida chorvachilik sohasida qator ishlar qilinmoqda.Chorvachilikning bir tarmog`i bo’lgan parrandachilik aholini sifatli go`sht va tuxum maxsulotlari bilan ta`minlashni oldiga bosh maqsad qilib qo`ygan.Tovuq zotlarining hilma xilligi nafaqat beradigan maxsuloti balki ularning estetik zavq berish uchun ham yaratilishidan dalolat beradi. Uheilyu tovuq zotlari aynan shu kabi tovuq zotlaridan hisoblanadi.Ular go`sht va suyaklarining o`zgacha ko`rinishi,noyobligi va beradigan maxsulotlarining shifobaxshligi bilan alohida ajralib turadi.Bundan tashqari bu tovuq zotlarida immunitedning yaxshi rivojlanganligi ularni boshqa tovuqlarga nisbatan yashovchanligining yuqori bo`lishi,turli noqulay sharoitlarga moslashuvchanligi omon qolish qobilyatining mavjudligi,nasliga g`amxo`rlik qilish instinktiga egaligi bu zotlardan chorvachilikda yuqori maxsuldorlikka erishish imkoniyatini oshiradi. Mamlakatimizda ham parrandachilik jadal rivojlanayotgan sohaga aylangan. Bunda boshqa davlatlardan keltirilgan turlicha zotlarning O`zbekiston iqlim sharoitiga moslashishi,yangi muxit sharoitida ulardagi kuzatilayotgan fiziologik jarayonlarni o`rganish orqali ular uchun qulay sharoitni yaratish va bu orqali yuqori maxsuldorlikka erishish ko`zda tutiladi.Buning uchun ulardagi barcha o`zgarishlar mavsumiy baholanib,ozuqa ratsioni,ko`payish dinamikasi hisoblab boriladi. Uxeilyu tovuq zotlari kamyob bo`lishiga qaramay mamlakatimiz shaxsiy fermalarida uchraydi. Ularning barcha tana a`zolari(suyaklari,go`shti)qora rangda bo`lib, tuxumining rangi havorangligi bilan e’tiborni tortadi. Uxeilyu zotli tovuqlar beradigan maxsulotlar shifobaxshligi,ko`pgina kasalliklarga davo bo`lishi ulardan tibbiyotda va farmaseftika sanoatida foydalanish imkonini beradi.Bu orqali faqatgina moddiy foyda emas balki ba`zi bir kasalliklar: yurak-qon tomir kasalliklari,immunited yetishmasligi,gormonal buzilishlar oqibatida kelib chiqadigan xastaliklar,qalqonsimon bezdagi buzilishlar,diabetda,yosh bolalarning normal rivojlanishi va erta qarishning oldini olish kabi jarayonlarda samarali foydalanish imonini beradi [12. 13]. Tadqiqotning ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ishining ob`ekti uy sharoitida boqilgan,ajratib olingan va analog bo`lgan 4 nafar Uxeilyu zotli tovuqlar bo`ldi. Ajratilib olingan Uxeilyu zotli tovuqlarda O`zbekiston sharoitiga moslashish jarayonidagi turli mavsumlarda ularda bo`ladigan fiziologik ko`rsatgichlar hisobiga qonining biokimyoviy-fiziologik ko`rsatgichlari,go`shti,tuxumi,ulardagi turli vitaminlar,qo`shimcha komponentlarning yil fasillariga mos ravishda o`zgarishi aniqlandi. Uxeilyu zotli tovuqlar beradigan maxsulotlar tarkibidagi moddalarni o`rganish va tajriba o`tkazish uchun kerakli texnikalardan foydalanildi [22]. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Uxeilyu zotli tovuqlarning O`zbekiston sharoitiga moslashishidagi fiziologik ko`rsatgichlarni aniqlash uchun bevosita bu tovuqlarning biologiyasi, asosiy ozuqasi,yashovchanligi,nasl qoldirish qobiliyati kabi bir qancha belgilarni e`tiborga olish zarur. Ularning yil fasllariga munosabati, ko`payishi va ular uchun qanday sharoit qulayligini o`rganish maqsadga muvofiq, insonlarga ko`proq va yanada sifatliroq maxsulot beradigan va ularning go`sht tuxum maxsuldorligi mavsumiy qanday o`zgarishi, bahor, yoz, kuz, qish mavsumlaridan qaysi birida tarkibidagi foydali komponentlar miqdori yuqori bo`lishini aniqlash maqsad qilib olindi. Maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar bajarildi. - Mavzuga ta`luqli bo`lgan adabiyotlarni o`rganish va tahlil qilish; - Uxeilyu zotli tovuqlar yashash sharoiti va ozuqasini yil fasllarida o`zgaruvchanligini o`rganish va bevosita buning ular maxsuldorligiga ta`sirini aniqlash. - Uxeilyu zotli tovuqlarning boshqa oddiy tovuqlar bilan o`xshashlik va farqlarini solishtirish. - Qon tarkibini aniqlash uchun umumiy tahlil o`tkazish jarayonida undagi eritrotsit,leykotsit,trombotsitlar va boshqa qo`shimcha ko`rsatgichlar aniqlandi va olingan ma`lumotlar muhokama qilindi. Tadqiqot ishining usullari. Tadqiqot olib borishda uyda boqilgan Uxeilyu zotli tovuqlar tuxumi go`sht miqdori,tarkibi qon tarkibi Gematologik analizator asbobi yordamida aniqlandi va undagi mavsumiy o`zgarishlar farqlar tahlil qilindi. Laboratoriya va ilmiy ishlab-chiqarish tajribalari, morfofiziologik - biokimyoviy tahlillar, raqamli materiallarni statistik qayta ishlash usullaridan foydalanildi [8.3]. Mavzuning amaliy ahamiyati. O`zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish, shu sohada endigina ish yuritishni boshlagan fermerlar uchun foydali ma`lumotlar to`plashga yordam berish, Uxeilyu zotli tovuqlardan va ular maxsulotlaridan unumli va turli sohalarda foydalanish uchun kichik qo`llanma sifatida ishlatilish uchun. Olingan ma`lumotlar asosida chop etilgan risola yoki ilmiy maqolalardan Uxeilyu zotli tovuqlarni boqish va ulardan xuddi o`z vatanidagidek mahsuldorligini oshirish va sifatini yaxshilash borasida ish yuritayotgan fermer xo`jaliklarining, Uxeilyu zotli tovuqlar foydasi haqida ma`lumotga ega bo`lishlari uchun juda qulay qo`llanma sifatida foydalanishi mumkin, bundan tashqari olingan ma`lumotlar zootexniya, odam va hayvonlar fiziologiyasi fanlarini nazariy tomondan boyitish uchun qo`shimcha material bo`lib xizmat qiladi [44]. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi uch qismdan iborat, b`lib uning tarkibiga; kirish, adabiyotlar sharhi, olingan natijalarning tahlillarini qamrab olgan. Olingan natijalarning tahlillari olingan materiallar, foydalanilgan usullar va olingan ma`lumotlar muhokamasi, xulosalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishi 80 betda kompyuterda chop qilingan 9 jadval bilan boyitilgan [12. 13]. Download 26.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling