11-mavzu: Glikozid saqlovchi dorivor o’simliklar reja
Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi - rnizomata sum radicivus valerianae
Download 232.85 Kb.
|
11 mavzu glikozid saqlovchi dorivor o‘simliklar J Muxayyo
Valeriana ildizpoyasi bilan ildizi - rnizomata sum radicivus valerianae
O’simlikning nomi. Dorivor valeriana (kadi o’t) – Valeriana officinalis L.; valerianadoshlar - Valerianaceae oilasiga kiradi. Valeriana ko’p yillik, bo’yi 2 m ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi qisqa va ko’pgina mayda ildizchalar bilan qoplangai bo’lib, yer ostida tik joylashgan. Ildizpoyadan birinchi yili ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yildan boshlab poya o’sib chiqadi. Poyasi tik o’suvchi, tsilindrsimon, mayda qirrali, shoxlanmagan (ba’zan yuqori qismi shoxlangan), ichi kovak, yuqori qismi tuksiz, pastki qismi esa tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, toq patli ajralgan, 4-11 juft segmentlar (bo’lakchalardan) iborat. Ildizoldi barglari uzun bandli, poyadagi barglar bandi esa payaning yuqori qismiga yetgani sari qisqara boradi.Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, hidli, poya uchida qalqonsimon yirik ro’vakka to’plangan. Kosacha barglari gul ichiga qarab qayrilgani sababli aniq bilinmaydi. Gultojisi voronkasimon, besh bo’lakli, uchi ichkariga qayrilgan, oq yoki pushti rangli, otaligi 3 ta, onalik tuguni 3 xonali, pastga joylashgan. Mevasi – cho’ziq tuxumsimon och qo’ng’ir pista. May oyining oxiridan boshlab avgust oyigacha gullaydi. Geografik tarqalishi. Valeriana polimorf (bir-biriga juda o’xshash yaqin shakllari ko’p bo’lgan) o’simlik. Uning yaqin shakllarini ba’zan mustaqil tur deb ham hisoblanadi. Ular ma’lum geografik va ekologik xududlarga moclangan bo’lib, o’zaro ildizpoyaning katta-kichikligi, shakli, barg plastinkasining ko’rinishi, tuklanish darajasi, gul rangi va boshqalar bilan farqlanadi. Ular ichida keng tarqalganlari va umumiy bitta nom – dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.) bilan yuritilib, ildizpoyasini ishlatishga ruxsat etilganlari quyidagilar: botqoq valerianasi (Valeriana palustris Kgeuer.), yaltiroq valeriana (Valeriana nitida Kreyer.), rus valerianasi (Valeriana rossica Sm.), novdali valeriana (Valeriana stolonifera Czern.) va boshqalar. Valeriana tarqoq holda bo’lsa ham keng tarqalgan o’simliklarga kiradi. U O’rta Osiyo cho’li va Sibirning SHimoliy qismidan tashqari hamma hududlarda uchraydi. Asosan nam yerlarda, o’rmon yoqalarida, ariq bo’ylarida, butalar orasida, o’tloqlarda va boshqa yerlarda o’sadi. Uni tayyorlash joylari SHimoliy Kavkaz, Ukraina, Belorus respublikalari, Rossiya (Tataristonda va Boshqirdistonda, Ulyanov, Rostov, Voronej va Tambov viloyatlari) ning ayrim tumanlarida. Yovvoyi holda o’sadigan valeriana aholi talabini qondirmaydi va u tarqoq holda o’sgani uchun mahsulotni yig’ish qimmatga tushadi. SHuning uchun valeriana Boltiq bo’yi atrofi, Ukraina, Moldova va Belorus respublikalaridagi, Voronej, Moskva, Novosibirsk va boshqa viloyatlardagi, Krasnodar o’lkasi va Uzoq SHarqdagi ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarda o’stiriladi. Download 232.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling