11-mavzu: Glikozid saqlovchi dorivor o’simliklar reja


SIBIR PIXTASI (SIBIR OQKARAFAYI) – ABIES SIVIRICA LEDEB


Download 232.85 Kb.
bet3/6
Sana19.10.2023
Hajmi232.85 Kb.
#1710188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu glikozid saqlovchi dorivor o‘simliklar J Muxayyo

SIBIR PIXTASI (SIBIR OQKARAFAYI) – ABIES SIVIRICA LEDEB.
Qarag’aydoshlar - Pinaseae oilasiga kiradi.Pixta bo’yi 30 m ga yetadigan doim yashil daraxt. Ninabarglari hidli, yassi, yumshoq, to’mtoq uchli, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomonida 2 ta oqish yo’lchasi bo’lib, shoxchalarda yakka-yakka joylashgan. Gullari bir jinsli, boshoqqa to’plangan. Otalik qubbalari (to’pgullari) shoxchalarning eng uchida, onalik qubbalari (to’pgullari) esa shoxchalarning yon tomoniga joylashgan. Ular tsilindrsimon bo’lib, yuqoriga qaragan, urug’ yetilgandan so’ng tangachalar holida to’kiladi. Qubbalar o’qi daraxtda qoladi (archadan farqi).Geografik tarqalishi. Pixta nina bargli o’rmonlarning asosiy daraxtlaridan biri. Sobiq Ittifoq Ovro’po qismining shimoliy-sharqidagi, Sibir, Sayan hamda Oltoy va boshqa tumanlaridagi o’rmonlarda keng tarqalgan. Kimyoviy tarkibi. Pixta shoxchalari (bargi bilan birga) tarkibida 3,09-3,27 % efir moyi, 320 mg % gacha vitamin S va bashqa birikmalar bo’ladi. Efir moyi 30-40 sm uzunlikda qirqilgan shoxchalardan suv bug’i yordamida haydab olinadi.Efir moyi tarkibida 30-60 % bornilatsetat, borneol, 10-20 % kamfen, 10% pinen, fellandren, dipenten va boshqa birikmalar bor. Bornilatsetat bilan borneol yarim sintetik kamfora olinadigan mahsulot sifatida xizmat qiladi. Ishlatilishi. Kamfora yurak-tomir sistemasi kasalliklarida ishlatiladi. Is gazi, narkotiklar va uyqu dorilardan zaharlanganda hamda og’ir yuqumli kasalliklardan so’ng yurak-tomir sistemasi ishini va nafas olish jarayonini qo’zg’atuvchi dori sifatida qo’llaniladi. Ba’zan kamforaning yuqoriroq dozasi asab kasalligini davolashda ham ishlatiladi. Kamfora surtmasi hamda kamforaning moydagi va spirtli eritmalari muskullar og’riganda, revmatizm va boshqa kasalliklarda tanani og’rigan joyiga surtiladi. Kamfora monobromid markaziy nerv sistemasini tinchlatiruvchi moddadir.
Kamfora texnikada tselluloid hamda plastmassa tayyorlashda, xonadonlarda esa kuyaga qarshi vosita sifatida qo’llaniladi. Dorivor preparatlari. Kukun (poroshok), kamforaning shaftoli moyidagi 20 % li eritmasi (ampulada), kungaboqar moyidagi 10%li eritmasi, sutrmasi, spirtdagi 10 % li eritmasi. Sibir pixtasini po’stlog’idan tilib olingan balzami tibbiyot-farmatsevtika amaliyotida va optika sanoatida Kanada balzami o’rnida ishlatiladi. Pixta balzami tarkibida 30% efir moyi, 70% gacha smola bo’ladi. Uning zichligi 0,960-0,998; KS-80-90; ES-40 dan 50 gacha. Balzam juda tiniq, sarg’ish rangli.
Mahsulot tayyorlash va quritish davrida murakkab molekulali yurak glikozidlari parchalanib, bir-ikkita yoki hamma qandlarini ajratishi mumkin. SHuning uchun olimlar o’simlik to’qimasida birlamchi, ancha murakkab molekulali, ya’ni genuinli glikozidlar bor deb hisoblaydilar. Ular fikricha, quritilgan mahsulot va ulardan tayyorlangan dori turlari tarkibida (shuningdek, ajratib olingan kristall holdagi glikozidlar ham) birlamchi glikozidning gidro- lizlanishidan hosil bo’lgan, bir-ikkita qand molekulasini yo’qotgan ikkilamchi glikozid yoki geninlar bo’ladi. Bu fikr ma’lum sharoitda (quritish, saqlash yoki glikozidlarni ajratib olish jarayonida) mavjud bo’lgan yurak glikozidlarining haqiqatan ham osonlik bilan gidrolizlanishiga asoslangan bo’lishi mumkin. SHunga qaramasdan, o’simliklarda o’tkazilgan ayrim tajribalar yuqorida ko’rsatilgan jarayonlarda yurak glikozidlari doimo parchalanmasdan, ba’zan murakkablanishi ham mumkin ekanligi isbot qilindi. Masalan, kimyo fanlari doktori prof. N.K.Abubakirov kendir o’simligi (Apocynum cannabinum L. va Apocynum androsaemifolium L.) ildizini ochiq havoda uzoq vaqt quritilganda ular tarkibida qand molekulasiga boy K-strofantin-β-glikozidi ko’payib ketishini isbotladi (asosan tirik o’simlik to’qimasida monozid tsimarin to’planadi)1. N.K.Abubakirov bu tajribaga asoslanib, yurak glikozidlarini birlamchi – genuinli va ikkilamchi guruhlarga bo’lish to’g’ri emas, degan fikrga keldi. So’ngra u o’simlik tarkibida glikozidlar doimo o’zgarib turishi (oddiy shakldan murakkab shaklga o’tishi va aksincha murakkab shakldan oddiylashishi) mumkinligini isbot qildi.
Yuqorida bayon etilgan tajribalar yurak glikozidlarining o’simlik to’qimasida yuz beradigan biosintez jarayonida ishtirok etishini ham tasdiqlaydi. Ma’lumki, o’simlik qurgani sari ular to’qimalarida namlik kamaya boradi. Bu esa to’qimadagi biosintez jarayonining buzilishiga olib keladi. Balki shu davrda to’qimaga zarur bo’lgan suv molekulasini ajratib chiqarish uchun qand ishtirokida murakkab glikozid molekulasi sintez bo’lishi kerakdir. VILR ilmiy xodimi Ye.I.Ermakov Erysimum canescens Roth.. o’simligining urug’ida ferment ishtirokida gidrolizlanish tufayli yurak glikozidlari miqdori oshishini aniqladi. Maydalangan va namlangan urug’ 22– 25° C haroratda 24 soat qo’yib qo’yilganda undagi glikozidlari miqdori 10 % oshgan.
QALAMPIR YALPIZ BARGI VA MOYI – FOLIA ET OLEUM MENTHAE PIPERITAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib va suvda yuvilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida xloralgidrat eritmasida quriladi (1-rasm). Epidermis hujayralar devori egri-bugri, ustitsalar bargning har ikkala tomonida uchraydi, ular ikkita epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan (labguldoshlar oilasiga xos). Barg epidermisining ustida ikki-to‘rt hujayrali, qalin devorli, uzun, so‘galli tuklar hamda oval yoki teskari tuxumsimon shaklli bir hujayrali bezli boshchali va bir hujayrali kalta oyoqchali tuklar bo‘ladi. Uzun tuklar kam bo‘lib, faqat barg chetida va tomirlar ustida, bezli boshchali tuklar esa barg plastinkasining ustida tarqoq holda uchraydi. Bundan tashqari, bargning har ikkala tomonidagi epidermisda kalta oyoqchasi bilan birikkan efir moyli bezlar bo‘ladi. Bu bezlar 8 ta, radius bo‘yicha joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi hujayralardan tuzilgan. Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlarda yig‘ilgan moy kutikula qavati ostiga to‘planadi. Ba’zan mentol kutikula qavati ostida kristallga aylanib qoladi. Bargda kalsiy oksalatning kristallari bo‘lmaydi.
1-rasm. Qalampir yalpiz bargining tashqi tuzilishi. A – bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi. 1 – efir moyli bezlar; 2 – ustitsa; 3 – boshchali tuk; 4 – qat-qat joylashgan kutikula; 5 – oddiy tuk.






Download 232.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling