11-мавзу. Халқаро соликка тортиш


Download 22.05 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi22.05 Kb.
#1159488
1   2
Bog'liq
11-мавзу. Халқаро соликка тортиш

biologik aktivlar;

(j)tovar-moddiy zaxiralar;
(z) savdo bo’yicha va boshqa debitorlik qarzlari;
(i)naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari;
(y) MHXS 5 Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyatlar ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlar jami;

  1. savdo bo’yicha va boshqa kreditorlik qarzlari;

  2. zaxiralar;

  3. moliyaviy majburiyatlar ((k) va (l) larda keltirilgan miqdorlardan tashqari);

  4. BHXS 12 «Daromad solig’i» da ta’riflanganidek, joriy soliq bo’yicha majburiyatlar va aktivlar;

  5. BHXS 12da ta’riflanganidek, muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari;

  6. MHXS 5 ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar;

  1. kapital tarkibida aks ettirilgan nazorat kuchiga ega bo’lmagan hissalar; va

  2. bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalariga tegishli chiqarilgan kapital va zahiralar.7

Xo’jalik sub’ekti moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot satrlarida ko’rsatiladigan qo’shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi lozim, qachonki bunday taqdim etish xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini tushunishda o’rinli bo’lsa.
Agar xo’jalik sub’ekti o’zining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni alohida turkumlar sifatida aks ettirsa, u muddati kechiktirilgan soliq aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim.
Xo’jalik sub’ekti joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni o’zining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida alohida guruhlar sifatida taqdim etishi lozim, likvidlilik asosida taqdim etish ishonchli va o’rinliroq bo’lgan ma’lumotlarni ta’minlaydigan holat bundan mustasno. Agar bu istisno qo’llanilsa, xo’jalik sub’ekti barcha aktivlarni va majburiyatlarni ularning likvidliligi bo’yicha taqdim etishi lozim.
Taqdim etishning qaysi usuli qabul qilinishidan qat’iy nazar, xo’jalik sub’ekti:

  1. hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lmagan va

  2. hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lgan davr mobaynida qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan miqdorlarni qamrab oladigan har bir aktiv va majburiyatning satrlarda ko’rsatiladigan moddasiga nisbatan o’n ikki oydan ortiq davrdan so’ng qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan summani oshkor etishi lozim.

Xo’jalik sub’ekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:

  1. u o’zining odatiy operatsion tsikli davomida aktivni pulga aylantirishni mo’ljallagan bo’lsa, yoki uni sotishni yoki iste’mol qilishni rejalashtirsa;

  2. u asosan savdo uchun aktivni o’zida saqlasa;

(v) u aktivni hisobot davridan so’ng o’n ikki oy ichida pulga aylantirishni mo’ljallagan bo’lsa; yoki
(g) aktiv (BHXS 7 da ta’riflanganidek) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti bo’lsa, bunda hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki oy mobaynida aktiv almashtirilishi yoki majburiyatni so’ndirish uchun foydalanilishi taqiqlanmagan bo’lsa.
Xo’jalik sub’ekti boshqa barcha aktivlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi

lozim.

Xo’jalik sub’ekti majburiyatni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:



  1. u o’zining odatiy operatsion tsikli davomida majburiyatni so’ndirishni

mo’ljallagan bo’lsa;

  1. u asosan savdo uchun majburiyatni o’zida saqlasa;

(v) majburiyat hisobot davridan so’ng o’n ikki oy ichida so’ndirilishi lozim bo’lsa; yoki
(g) u majburiyatning so’ndirilishini hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki oy muddatga uzaytirish bo’yicha shartsiz huquqqa ega bo’lmasa. Majburiyatning, kontragentning hohishi bo’yicha, uni ulushli instrumentlar chiqarish orqali so’ndirilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan shartlari, uning tasniflanishiga ta’sir etmaydi.
Xo’jalik sub’ekti boshqa barcha majburiyatlarni uzoq muddatli sifatida

tasniflashi lozim.
Xo’jalik sub’ekti, yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda, uning faoliyatiga to’g’ri keladigan ravishda tasniflangan va aks ettirilgan, satrlarda ko’rsatiladigan moddalarining ikkilamchi batafsilroq qilib tasniflangan moddalarini oshkor etishi lozim.
Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling