Maktabni bitirgach qay yo‘ldan borgan ma’qul: oliy ta’limda o‘qish yoki ishga kirish?


Download 28.09 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi28.09 Kb.
#1497627
  1   2
Bog'liq
esse


MAKTABNI BITIRGACH QAY YO‘LDAN BORGAN MA’QUL: OLIY TA’LIMDA O‘QISH YOKI ISHGA KIRISH?
O‘quvchilar 10- va 11-sinflarga kelib maktabdan keyingi hayot haqida o‘ylay boshlashadi. Ayrimlar oliy ta’lim muassasasiga kirishni rejalashtirsa, kimlardir tezroq ishga joylashishni – karyera qilishni ma’qul ko‘radi.
Moliyaviy holatiga ko‘pchilik havas qiladigan mashhurlarning hayot tarzini tahlil qilar ekanmiz, kimdir birinchi, boshqasi ikkinchi yo‘ldan borganiga guvoh bo‘lamiz. Demak, har ikki yo‘l bilan muvaffaqiyat qozonish mumkin ekan.
Maktabni bitiriboq ishga kirishning qator afzalliklari bor: moliyaviy barqarorlikka tezroq erishiladi, oila qurish yoshida o‘z ishxonasi va mablag‘iga ega bo‘ladi. Qolaversa, hozirda ko‘pchilik ish beruvchilarga diplom emas, balki ish malakasi muhimroq. Masalan, daromadli sohalardan bo‘lmish axborot texnologiyalari bo‘yicha ishlayotganlarning ko‘pchiligi oliy ta’limda o‘qimagan.
Biroq masalaning boshqa jihati ham bor: ayrim sohalarni faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qibgina egallash mumkin. Xirurg, stomatolog, terapevt bo‘lmoqchimisiz, marhamat, o‘qing. Davlat idoralarida kursilarni egallash uchun, albatta, diplom kerak. Qolaversa, talabalik yillari – oltin davr: unutilmas onlar, yangi do‘stlar, yoqimli mashaqqatlar… Ko‘pchilik universitetlarda xorijga chiqish uchun imkoniyat mavjud. Eng muhimi, talaba o‘qish bilan birga ishni ham olib ketishi mumkin. Bunga to‘sqinlik yo‘q. Ham o‘qib, ham ishlash imkoni bo‘la turib faqat ishni tanlashdan nima naf?!
Yuqoridagi fakt va dalillarga asoslanib men maktabni bitirib oliy ta’limda o‘qish kerak deb hisoblayman.

Mavzu: Televideniye orqali namoyish etilayotgan reklama eʼlonlarining foyda va zararlari.


Rivojlangan mamlakatlar hayotida axborot texnologiyalarining salmogʻi kundan kunga oʻsib bormoqda. Buning natijasida esa jamiyatning turli sohalari, jumladan, taʼlim, ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish jabhalarida jiddiy oʻzgarishlar kuzatilishi tabiiy hol. Ana shunday sohalardan biri - reklama agentliklari.
Kundalik hayotimizda xohlaymizmi yoki yoʻq bir kunda bir necha marta reklama afishalariga koʻzimiz tushadi. Xoʻsh, reklama nima oʻzi? Uning bizga qanchalik foydasi va zararlari bor?
Reklama - biron bir mahsulot yoki xizmat haqida isteʼmolchini xabardor qilish. Bugungi kunda televideniye orqali namoyish etilayotgan mahsulot reklamalariga koʻpchilikning munosabati turlicha.
Xalqimizda "Vaqting ketdi- naqding ketdi", "Vaqt- oltindan qimmat" kabi maqollar bor. Menimcha, ayrim reklama eʼlonlarining qayta-qayta namoyish etilaverishi, qisqa davomli koʻrsatuvlarda ham aylantirilaverishi vaqtning isrofidan oʻzga narsa emas. Mutaxassislar fikricha, reklamalar kunlik efirga uzatiladigan teledasturlarning 20foizidan oshib ketmasligi zarur. Qolaversa, takror-takror koʻrilgan reklama roliklari insonlarda bezdirish holatini keltirib chiqarishi ham hech kimga sir emas.
Reklama eʼlonlarining yana bir salbiy jihatlaridan biri, bu tadbirkor va xaridor tomonidan ortiqcha pulning sarflanishidir.
Statistik maʼlumotlarga qaraganda, AQSHning farmasevtik korxonalari reklama uchun ikki barobar koʻp mablagʻ sarf qilar ekan. Xaridorlarda esa, reklama qilinayotgan mahsulotni xarid qilish jarayonida aldanib qolish, sotib olingan mahsulotning sifatsizligi,ehtiyojidan tashqari xarajatni amalga oshirish kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Yurtimizda reklama agentliklarining faoliyati oʻrganilganda, joriy yilda bu sohada 15,5ming kamchiliklar aniqlanganligining oʻziyoq, ushbu soha vakillarining belgilangan mezonlarga toʻla amal qiladi, deb ayta olmaymiz.
"Tanganing ikki tomoni bor", deydi dono xalqimiz. Shu oʻrinda reklamalarning ijobiy tomonlarini ham eʼtirof etishimiz lozim. Hozirgi globallashgan davrda reklamalar namoyishi asosan oyinayi jahon va ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshiriladi. "Sendan harakat, mendan barokat" deganlaridek, tadbirkorlarimiz bu usuldan unumli foydalanishmoqda. Online reklama roliklari korxona va tadbirkorlar uchun sotuvni tezlashtiradi, ommaviy ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Bu esa oʻz-oʻzidan mahsulot tannarxini pasaytirib, sof foyda olishni taʼminlaydi. Nomdor korxonalar uchun reklamalar ularning "tashrif qogʻozi" ga aylanib ulgurgani, fikrimiz dalili boʻla oladi. Isteʼmolchi uchun ham qulaylik, qisqa vaqtda osonlik bilan xaridni amalga oshirish imkonini beradi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, reklama eʼlonlari belgilangan mezonlarga mos boʻlishi darkor. U faqat daromad olish uchun emas, balki insonlarni tovar va xizmatlar haqida ishonchli va qonuniy maʼlumotlarni olish manbai sifatida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Mavzu: Global isishning Oʻzbekiston iqlimiga taʼsiri.


Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri global iqlim oʻzgarishidir. Ushbu muammo butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgani hech kimga sir emas. Maʼlumki, haroratning koʻtarilib borishi oqibatlari har bir hududda turlicha boʻy koʻrsatmoqda. Xoʻsh, bu jarayonning salbiy taʼsiri bizning hududimizda qay darajada aks etmoqda?


Iqlimshunos mutaxassislarning fikricha, keyingi yillarda ayrim sohalarning rivoji (ayniqsa, energetika sohasining) oʻlaroq havo haroratining 1,7°Cga koʻtarilishi kuzatilgan. Bu esa oʻz-oʻzidan, qurgʻoqchilik, muzliklarning erishi, suv sathining koʻtarilishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi tabiiy hol. Xalqimizda shunday naql bor: " Qoʻshning tinch - sen tinch". Darhaqiqat, yurtimizda ham global iqlim oʻzgarishining taʼsiri yildan yilga sezilib bormoqda. Bilamizki, Oʻzbekiston iqlimi moʻtadil mamlakatlar qatorida turadi. Ammo soʻnggi yillarda fasllar almashinuvining buzilishi, qurgʻoqchilik holatlari kuzatilmoqda. Buning natijasida esa qishloq xoʻjalik sohasi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy putur yetishi ehtimoli bor.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, ob- havoning isib borishi hayvonot va oʻsimlik olamiga ham salbiy taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi. Dunyo olimlarining tadqiqotlariga koʻra, global isishni keltirib chiqaruvchi omillar orasida yetakchi oʻrinni antropogen, yaʼni inson omili egallab turibdi. Britaniyalik olimlar: " Taraqqiyot - sof tabiatning kushandasi", deyishganda juda haq edilar. Haqiqatdan ham, yurtimiz boʻylab yirik sanoat inshootlarining qurilishi, shaharlashtirish, avtomobillar sonining yildan yilga ortib borishi va tabiat bilan loqaydlarcha munosabatda boʻlish natijasida ekologik tizim zararlanmoqda.

Download 28.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling