Chizmachilik


Download 3.71 Mb.
bet1/9
Sana04.09.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1672741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GEOMETRIK YASASHLAR 3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi
2-bosqich _____- guruh talabasi

_____________________________________
“CHIZMACHILIK”
fanidan

“Geometrik yasashlar”


mavzusida bajargan

KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Z.Boboyeva
Farg’ona 2023
MUNDARIJA
I Kirish…………………………………………………………………………3
II. Asosiy qism…………………………………………………………………6

  1. Geometrik yasashlar haqida dastlabki tushunchalar

  2. O'zaro parallel va perpendikular to'g'ri chiziqlar o'tkazish.

  3. Burchaklar yasash va ularni teng bo'lish. Aylanalarni teng bo‘larklarga bo‘lish

  4. Aylana va uning yoyini tekislash

  5. Geometrik yasashlar orqali girix naqshlarni bajarish namunalari.

  6. Mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanma

Xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


Kirish
Chizmachilik fanining ahamiyati hamda bu fanning o’quvchilarda tasavvur va idrokni umumlashtiruvchi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy o’rinlarda turikshini e’tiborga olgan holda ushbu dars ishlanmamni o’quvchilarda eng sodda geometrik jismlarni nafaqat chizmalarda tasvirlashga, balki ochiq fazoda tasavvur eta olish salohiyatini kuchaytirishga qaratdim. Shu bilan birga tanlagan mavzuim orqali hayot davomida uchraydigan muammo va masalalarning ko’p tomonlama yechimlarini bir vaqtning o’zida umumlashtira olish hamda to’g’ri yechimni tanlay olish ko’nikmasi shakllanadi. Tanlagan mavzuimning yana bir ahamiyatli tomoni chizmachilik darslaridagi ketma – ketlik har bir mavzuni mukammal o’zlashtirilishini talab qiladi. Barcha detallar asosini tashkil qiluvchi geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari hamda ularni chizmada tasvirlash usullarini to’liq o’zlashtirish keyingi mavzular uchun asos bo’lib xizmat qiladi hamda dars jarayonida o’quvchining keyingi mavzularni tushunish va qabul qilish tezligini oshiradi. Bu o’qituvchi uchun ham yangi mavzularni qisqa vaqt ichida o’quvchilarga yetkazib berishda qulaylik yaratadi.
Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yuqori o’rinlarida ta’lim va tarbiyaga katta e’tibor berish, yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash masalalari o’rin egallamoqda. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan mazmunini yangilash, yangicha boshqarish, yangicha qurish va isloh etish davom etmoqda. Shu munosabat bilan fanlarni o‘qitishdagi an’anaviy usullardan noan’anaviy usullarga, ta’limning interfaol usullariga o‘tish orqali bunga erishish mumkinligi ko‘rinib turibdi.
Shunday ekan chizmachilik darslarida ham Pedagogik texnologiyalardan foydalanib mavzularni bayon etish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini loyihalash va amalga oshirish uchun keng faoliyat maydonini yaratadi. Natijada ta'lim jarayonida o‘qish-o‘qitish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha aniq va etarli qoidalar amalga oshiriladi. Bu esa ayni paytda har bir pedagog o'qituvchi uchun ijodiy izlanish yo‘lini ochib beradi.
Davlat tamonidan ishlab chiqilgan qonunlarda ilgari surilgan vazifalarni amalga oshirish, o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun chizmachilikdan mustaqil fikrlovch, ijodkor ijtimoiy faol, ma’naviy boy, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, fanning hozirgi vaqtda erishgan yutuqlaridan xabardor qilish, fanni o’qitish metodikasi bilan tanishtirish bugungi kunda fan o’qituvchilarining oldida turgan asosiy vazifa xisoblanadi1.
8 va 9-sinflarda chizmachilik fanini o’qitish o’quvchilarning yosh хususiyatlari hamda hayotiy va mеhnat tajribalaridan kеlib chiqqan hоlda o’ziga хоs хususiyatlarga ega. O’quvchilar bu vaqtga kеlib bilim оlishga оngli ravishda, ma’lum maqsad bilan intiladilar. Shuning uchun o’qituvchi o’z оldidagi vazifalarni tahlil qilib, har bir darsning eng оptimal tuzilishini o’ylab, dars maqsadlariga to’liq javоb bеradigan tuzilishni tоpishga harakat qilishi kеrak. Navbatdagi darsning muvaffaqiyati ko’pincha оldin o’tilgan darslar qatоrida uning qanday o’rin tutishiga, o’quvchilar egallagan bilim va amaliy ko’nikmalariga, hamda ularga tushuntiriladigan bilimning hajmi va mazmuniga bоg’liq. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning dunyoqarashlari darajasi, darslik yoki ilmiy-оmmabоp va tехnik adabiyotlardan mustaqil o’qib o’rganish imkоniyatlariga tayanadi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling