Chizmachilik


Download 3.71 Mb.
bet2/9
Sana04.09.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1672741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GEOMETRIK YASASHLAR 3

Mavzuning dolzarbligi.
Kurs ishimning dolzarbligi shundan iboratki mavjud adabiyotlardan foydalangan holda geometrik yasashlar haqida yaxlit ma‘lumotlar tizimini yaratishdan iborat.
Zamonaviy chizmalarning paydo bo'lganidan hozirgacha qanday bosqichlardan o'tganini qisqacha ko'rib o'tamiz.
Grafika muomala vositasi sifatida insonlar tomonidan qadimdan qo'llanilib kelingan. Aval kishilar g`or laming devorlariga turli rasmlar solishgan. Ushbu tasvirlarda kundalik turmush hodisalari: oziq-ovqat izlash, ov manzaralari, olov hosil qilish kabilar tasvirlangan. Vaqt o'tishi bilan tasvirlar mazmuni boyib borgan. Tasvir tushiriladigan mahsulotlar ham o'zgarib, sopol, papirus, qog'oz, magnit lentalari, elektron disklardan foydalana boshlaganlar.
Zamonlar o'tishi bilan grafikaning — badiiy, muhandislik, dizayn kabi ko'plab turlari shakllanib muomalaga kirgan. Grafik hujjatlar va asarlaming turlari va sohalari xilma-xil bo'lib, ularga chizma, eskiz, sxema, texnik rasm, xomaki rasm, texnik va badiiy illustratsiya, grafik, diagramma, belgi, logotip, mahsulot belgilari kabilar kiradi.
Grafika bizni o'rab turgan borliqni tekislikda tasvirlash usuli bo'lib, insoniyatning moddiy, ma'naviy, aqliy va badiiy qadriyatlarini yaratish vositasi hisoblanadi. Ulardan ikkitasi - rasm va chizmalar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Rasm -bu qo'Ida ко % bilan chamalab bajarilgan grafik tasvir bo'lib, u bizda mahsulotning tashqi ko'rinishi haqida tasavvur hosil qiladi va uning ichki tuziUshi va o'lchamlari haqida ma'lumotlar bermaydi.
Chizma — bu maxsus chizma asboblari va moslamalari yordamida tasvirlarni bajarish bo'yicha qabul qilingan qoidalarga amal qilinib bajarilgan tasvirlardir. Chizmalar bizga mahsulotning tashqi va ichki tuzilishi, qo'llanilish sohalari hamda o'lchamlari haqida to'liq ma'lumotlarni beradi. Bir kishi (loyihalovchi) tomonidan o'ylangan texnik fikr (buyum yoki mahsulot g'oyasi)ni ikkinchi kishi (bajaruvchi)ga uzatish zaruriyati paydo bo'lganda chizmalar texnik g'oyalarni uzatish vositasi sifatida paydo bo'lgan deb aytishimiz mumkin. Shuning uchun ham "chizma - texnika tili" deb aytiladi va uni o'qishda qaysi millat vakili chizmani bajarganligi o'quvchi uchun ahamiyatga ega emas.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling