Chizmachilik


Tekis ko'pburchaklik yasash


Download 3.71 Mb.
bet6/9
Sana04.09.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1672741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GEOMETRIK YASASHLAR 3

Tekis ko'pburchaklik yasash. Tomonlari o'zaro teng uchburchakni chizish uchun AB kesmaning A va В nuqtalaridan radiusi AB ga teng yoylar chizilib, ularning kesishayotgan С nuqtasi A va В bilan tutashtiriladi (15-chizma). Har xil uzunlikdagi a, b, с kesmalar yordamida uchburchaklik chizish uchun с chiziq A va В nuqtalar bilan belgilanib, ulardan a va с ga teng radiuslarda yoylar chiziladi. Hosil bo'lgan С nuqta A va В bilan tutashtiriladi.
Tomonlari o'zaro teng to'rtburchak, ya'ni kvadrat yasash uchun AB kesmaning A va В nuqtalardan perpendikulyar chiziqlar chizilib, AB ga teng kesmalar o'lchab qo'yiladi va C, D nuqtalar o'zaro tutashtiriladi (16-chizma, a). Yoki AB kesmaning A va В nuqtalardan 4 5° burchakdagi kvadrat diagonallari (16-chizma, b).
o'tkazilib, A va В nuqtalardan chizilgan perpendikulyar chiziqlar kesishtiriladi (16-chizma, b). Aylananing ikkita o'zaro perpendikulyar diametri orqali ham kvadrat yasash mumkin (16-chizma, c).
Kvadratning burchaklari A,B,C,D lardan 0 nuqta orqali o'tuvchi yoylar chizilsa, kvadrat tomonlarida 1,2,3,... 8 nuqtalar hosil bo'ladi. Bu nuqtalar o'zaro tutashtirilsa, muntazam sakkizburchak hosil bo'ladi (16-chizma, d).

16-chizma
Reysshina va uchburchakliklar yordantTda turli ko'pburchakliklar yasash usullari 17-chizmada ko'rsatilgan.

17-chizma
Bir tomoni AB kesma orqali berilgan muntazam besh burchakni chizish uchun A uchidan kesmaga perpendikulyar chiziladi va unga AB/2 bo'lak, ya'ni AO o'lchab qo'yiladi va В bilan tutashtiriladi. Bu gipotenuza IB ga 1A olib o'tiladi va B2 radiusda yoy chizilib, AB ning davomida 3 nuqta aniqlanadi. Shu tartibda 4 nuqta belgilanadi. A va В lardan A3, B4 va AB radiuslarda yoylar chizilib, ular o'zaro kesishtirilsa С va D nuqtalar topiladi. С va D nuqtalardan AB radiusda yoylar chizilsa, E nuqta aniqlanadi (18-chizma).
Aylana yoyi markazini aniqlash. Xohlagan kattalikda chizilgan aylana yoyida uchta А, В, С nuqtalar tanlab olinib, AB va ВС nuqtalar tutashtiriladi, AB hamda ВС larni teng ikkiga bo'luvchi perpendikulyar chiziqlarning o'zaro kesishish nuqtasi О aylananing markazi bo'ladi (19-chizma).

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling