Chizmachilik


Aylana yoyini to'g'rilash va aylanani to'g'ri chiziqqa yoyish


Download 3.71 Mb.
bet7/9
Sana04.09.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1672741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GEOMETRIK YASASHLAR 3

Aylana yoyini to'g'rilash va aylanani to'g'ri chiziqqa yoyish. Aylana yoyi sektor bo'yicha 60° va undan kichikroq bo'lsagina uni to'g'rilash aniqroq bo'ladi. Buning uchun yoyning AB vatarini teng ikkiga bo'lib, AB ning davomiga ВС masofa olib qo'yiladi. OB radiusga perpendikulyar qilib, aylanaga urinma o'tkaziladi. D nuqtadan AD radiusda chizilgan yoy В nuqtadan chizilgan urinmani E nuqtada kesib o'tadi. Sbunda yoyning yoyilmasi BE hosil bo'ladi (44-chizma, a). Yoki AB vatar o'zaro teng bir nechta mayda yoychalarga bo'lib olinadi va OB ga perpendikulyar o'tkazilgan aylana urinmasiga yoki chizmaning bo'sh
joyiga chizilgan to'g'ri chiziqqa shu yoychalar o'lchab qo'yiladi (44-
chizma, b).




20-chizma
Aylanani yoyish uchun uning diametri d doimiy son 3,14 ga ko'paytiriladi, ya'ni nd tenglama orqali amalga oshiriladi .
Aylanani o'zaro teng qismlarga bo'lish va muntazam ko'pburchaklar yasash.
Aylananing markazi О ni kesib o'tadigan AB — aylana diametri, OD
- aylananing radiusi, О ni kesib o'tmaydigan ВС — vatar, ВС yoy esa yoy deyiladi (22-chizma, a). Aylananing diametri 12 shu aylanani teng ikkiga bo'ladi (22-chizma, b).

21-chizma 22-chizma
Aylananing o'zaro ikkita perpendikulyar diametri uni to'rtga (23-chizma, a, b), burchaklari 45° li to'rtta diametri sakkizga (23-chizma, c) teng bo'ladi.

23-chizma
Aylana o'z radiusiga teng yoy bilan 1 nuqtasi orqali kesilsa (23-chizma, a), u o'zaro teng uch qismga bo'linadi. Aylana o'z radiusiga teng yoy bilan 1 va 4 nuqtalari orqali kesilsa, teng olti qismga ajraladi (23-chizma, b).
Aylananing o'zaro perpendikulyar diametrlari bilan kesishayotgan 1, 7, 4,10 nuqtalardan aylana radiusiga teng yoylar orqali kesilsa, o'zaro teng o'n ikki qismga bo'linadi (23-chizma, c). Aylanani o'zaro teng qismlarga bo'lganimizda hosil qilingan nuqtalar ketma-ket tutashtirib chiqilsa, muntazam uchburchak (23- chizma, a), oltiburchak (23-chizma, b), o'n ikki burchak (23-chizma, c) yasaladi.
Aylanani besh va yetti bo'lakka bo'lish uchun OA radiusi teng ikkiga bo'hb olinadi. Besh qismga bo'lishda D nuqtadan Dl radiusda yoy chiziladi.
Shunda aylanani teng beshga bo'luvchi IE kesma hosil bo'ladi. IE kesma
1 nuqtadan aylana yoyi bo'yicha o'lchab qo'yiladi va barcha nuqtalar ketmaket tutashtirilsa, muntazam beshburchak yasaladi (24-chizma, a). Yetti qismga teng bo'lishda ID kesmadan foydalaniladi (24-chizma, b).

24-chizma 25-chizma
Aylanalarni o'zaro teng qismlarga bo'lishda 25-chizmadagi sxemadan foydalanish mumkin.
Berilgan AB kesma orqali turli muntazam ko'pburchaklarni yasash
26-chizmada ko'rsatilgan. AB radius bilan A va В nuqtalardan chizilgan yoylar 0 va 06 nuqtalarda kesishadi va ular tutashtirilsa, barcha ko'pburchaklar yasash uchun chiziladigan aylanalarning simmetriya o'qi o'tkazilgan bo'ladi. Kvadrat yasash uchun В dan perpendikulyar chizilib, С nuqta aniqlanadi. AC diagonal simmetriya o'qi bilan kesishib, kvadrat aylanasining markazi 04 ni hosil qiladi. 04 va 06 oraliq teng ikkiga bo'linsa, muntazam beshburchak aylanasining markazi 05 topiladi. 06 dan A nuqta orqali o'tuvchi aylana chizilsa, AB radiusli yoy bilan kesishadi. Shu tartibda 06 dan oltiburchak yasaladigan aylana chiziladi va hokazo. Qolgan aylanalarning markazlarini aniqlash uchun Og dan 06 05 oraliq o'lchab qo'yiladi. Shunda 0„,0H,... markazlar belgilanadi.

26-chizma

  1. AYLANA VA UNING YOYINI TEKISLASH

Aylana yoyini tekislash (yoyish) aylana uzunligini l=πxd formuladan hisoblash orqali bajariladi. Bu yerda d-aylana diametri, u keyinchalik aylana uzunligini to'g'ri chiziq shaklidagi ko'rinishi shaklida tasvirlanadi.
Aylanani tekislashning grafik usuli (23-shakl). Aylanaga urinma bo'lgan A nuqtada AB=3d kesma o'lchab qo'yiladi. Aylana markazi О nuqtadan AB to'g'ri chiziqqa 60° burchak cstida ОС radius chiziladi. С nuqtadan СK AB kesma o'tkaziladi. KB kesmaning uzunhgi aylana uzunligini yetarlicha aniqlikda aks ettiradi.



23-shakl. Aylana yoyilmasinl yasash
Aylana yoyini tekislash. Aylana yoyining uzunligi l=7rRa/180° formuladan aniqlanadi. Bu yerda R — yoy radiusi, a - yoy sektori burchagi, grad. Hisoblab topilganuzunlik - / to'g'ri chiziq kesmasi ko'rinishida qo'yiladi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling