Maktabni bitirgach qay yo‘ldan borgan ma’qul: oliy ta’limda o‘qish yoki ishga kirish?


Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun bir qancha tavsiyalar berishgan


Download 28.09 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi28.09 Kb.
#1497627
1   2
Bog'liq
esse

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun bir qancha tavsiyalar berishgan:

  • qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish;

  • energiya samaradorligini oshirish va sohalarni energiya tejovchi texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish;

  • tabiatda yashillikni ko‘paytirish, o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, daraxtzorlarni ko‘paytirish;

  • ekologik toza qishloq xo‘jaligiga o‘tish;

  • tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlab qolish (chunki ularning yo‘qolishi to‘g‘ridan to‘g‘ri issiqxona effektiga ta'sir qiladi);

  • ekologik tejamkor transport turlariga o‘tish.

Xulosa
Iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak. Yo‘qsa keyinchalik juda kech bo‘lishi mumkin.

Global iqlim oʻzgarishining oldini olish uchun ham bir qator ishlar amalga oshirilayotgani quvonarli hol, albatta. Bunday ishlar sirasiga suv resurslaridan oqilona foydalanish, shaharlarni koʻkalamzorlashtirish, tabiat neʼmatlarini muhofaza qilish kabilarni kiritsak, maqsadga muvofiqdir. "Tarbiya - oiladan boshlanadi", deganlaridek, bu kabi profilaktik chora -tadbirlar ibtidosini oiladan boshlamoq afzal.


Xulosa qilib aytganda, iqlim oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan yoki aksincha, uning taʼsiri oʻlaroq vujudga kelayotgan muammolarni hal etishda butun jamiyat vakillari birlashishlari shart. Zero, biz kelajak avlodga musaffo osmon, goʻzal va sof tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekam-u koʻst yetkazishishimiz lozim.
Download 28.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling