Mustaqil ta’lim mavzu: Chorvachilikka ixtisislashgan fermer xo’jalikari faoliyatini tashkil qilish


Download 1.27 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1151154
Bog'liq
MUSTAQIL TA’LIM Fermer xo\'jaligi

MUSTAQIL TA’LIM

Mavzu: Chorvachilikka ixtisislashgan fermer xo’jalikari faoliyatini tashkil qilish

Bajardi : Omonov A

Tekshirdi: Qo’ziboyev B


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali
2023

Reja:

  • 1. Chorvachilik tarmog’i va uning turlari
  • 2. Chorvachilikning qishloq xo’jaligidagi o’rni
  • 3. Chorvachiligini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlashda jahon chorvachiligining tajribasidan foydalanish

Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari , oziqovqat mahsulotlari , yengil sanoatni xom ashyo , dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi

Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilikqoʻychilikechkichilikyilqichiliktuyachilik, parrandachilik, asalarichilikchoʻchqachilik, quyonchilik

Chorvachilikning ahamiyati

Chorvachilik qishloq xo’jaligining ajralmas bir qismi bo’lib, xalq xo’jaligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo’lgan sut, go„sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi. Chorva hayvonlari va parrandalari chiqindilari mahalliy ug„it sifatida yer unumdorligini oshirishda beqiyos o’rin tutadi.


Mustaqillik yillarida mamlakatda go‘sht yetishtirish 98,3 % ga, sut yetishtirish 123 % ga ortishi quvonarli hol hisoblanadi.
Qoramollar bosh sonining mustaqillik yillarida jadal o‘sganligiga guvoh bo‘lamiz, yoki u 113,8 % ni tashkil etgan. Shu jumladan sigirlar sonini tez suratlar bilan o‘sib borishi ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi, yoki 20 yilda ular soni 108,9 % ko‘payib, poda tarkibining 40,3 % ni tashkil qilib, to‘liq zootexnikaviy talablar darajasida deyish mumkin.
Chorvachiligini rivojlantirish va samaradorligini ta’minlashda jahon chorvachiligining tajribasidan foydalanish
Hozirgi davrda chorvachilik yer sharini muzliklardan tashqari 30% quruqlikdagi maydonini egallagan holda uning global miqyosidagi yalpi mahsuloti 1,4 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.(Phillip K. Thoronton Liveston Produktion:resent.).Sohada 1,3 miliard nafar odam faoliyat yuritmoqda.Chorvachilik global miqyosida aholi uchun iste’mol qilinayotgan kilokalloriyalarning 17% va proteinning 33% yetishtirmoqda

Dunyo chorvachiligi raqamlarda

 Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1. Ergashev R.X. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. –T:. EXTREMUM PRESS, 2011.
  • 2.Abdullayev A.A.,. Aybeshov X.A. Fermer xo‘jaligi iqtisodi. –Andijon: Aloqachi, 2008.
  • 3. Abdug’aniyev A., Abdug’aniyev A. A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. - T.: TDIU
  • 4. Hakimov R. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti (Darslik). – T.: TDIU, 2006
  • Internet saytlari:
  • 1. www.agro.uz
  • 2.www.uz.wikipediya.org

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling