11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi
Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi
Download 315.66 Kb.
|
1-m ijtimoiy menejment tizizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli rahbarlar
- Mutaxassislar
Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishiBoshqaruv kadrlariga boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi yoki ularni amalga oshishiga ko’maklashuvchi ishlovchilar, ya’ni boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi va boshqaruv apparatiga kiruvchi xodimlar kiradi. Boshqaruv kadrlarining turli tafsiflari mavjud: lavozim buyrug’i bo’yicha, boshqaruv ierarxiyasidagi darajalar (pog’onalar) bo’yicha, maxsus malakasi bo’yicha, ishlab chiqarish sohalari bo’yicha va h.k. Lekin bazaviy tasnif bo’lib ishlovchilarning qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayonidagi tasnifi hisoblanadi. Bu belgi bo’yicha boshqaruv kadrlari uch katta guruhga bo’linadi: rahbarlar, mutahassislar va yordamchi personal. Rahbarlar - jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning alohida bo’g’inlari ishini yo’naltiruvchi ko’yilgan vazifalar va maqsadlarga erishish bo’yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi hodimlar. Rahbarlar chiziqli va funktsional turlarga bo’linadi. Chiziqli rahbarlar - tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy rasmiy-lashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas’ul, hamjixatlik asosida xarakat qiluvchi shaxslar. Funktsional rahbarlarga boshqaruv tizimida ma’lum funktsional ish qismi uchun mas’ul va boshqaruvning aniq funktsiyalarini amalga oshiruvchi bo’linmalarga boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdek boshqaruv darajalari bo’yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar bo’lib quyi (tsexlar, uchastkalar boshliqlari, masterlar), o’rta (korpuslar boshliqlari, korxonalar direktorlari, uyushmalarning bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo’mitalar raislari) bo’g’inlar rahbarlari hisoblanadi. Mutaxassislar - bu maxsuslashtirilgan xodimlar bo’lib, ular mavjud bo’lgan axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi masalalarini hal qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv funktsiya-larini va ularning kasbiy tayyorgarligi bilan xarakterlanadi. Bosh mutaxassislar, etakchi mutaxassislar, turli kategoriya darajadagi mutaxassislar farqlanadi. Mutaxassislar guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar, psixo-loglar va boshqalar kiradi. Download 315.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling