11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi


Download 315.66 Kb.
bet6/9
Sana15.01.2023
Hajmi315.66 Kb.
#1094138
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-m ijtimoiy menejment tizizmi

To’siqsiz struktura.


Yirik adron kollayderi 6 mlrd. dollarlik aylana uzunligi 27 kilometrlik, Shveytsariyaning Jeneva shahri yonida 175 m chuqurlikda joylashgan aktseleratordir28. “Atomlarni parchalash moslamasi shu qadar kattadirki, u haqdagi qisqacha ma’lumotnomada 2900 ta avtorning nomi keltiriladi, 34 ta mamlakatdagi olimlar uning ma’lumotlarini tahlil qilish uchun 100,000 ta kompyuterdan foydalanishdi, u shu qadar nozikki, uning ustiga qush qo’nishi bilan u elektr ta’minotidan uzilib qolishi mumkin”. Ammo kollayderning potentsialini to’liq ishlatish uchun butun dunyo olimlari joy, tashkilot, mutaxassislik kabi to’siqlardan voz kechib, yanada yuqoriroq maqsadlar uchun xarakat qilishlariga to’g’ri keldi.
Mana shunday yirik kollayderni ishga tushirish uchun foydalanilgan strukturaviy tizim to’siqsiz struktura deb nomlanadi. Bunday tashkilotda bundan oldingi strukturadagi kabi gorizontal yoki vertikal chegaralar mavjud emas. General Electric ning sobiq raisi Djek Velch aynan mana shu jumlani tanladi, chunki u GE kompaniyasi ichidagi barcha vertikal va gorizontal to’siqlarni,


28 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 280-310-betlar.
kompaniya va uning mijozlari o’rtasidagi barerlarni olib tashlash tarafdori edi. Garchi to’siqlarni olib tashlashning bu mexanizmi juda g’alati ko’rinsa ham, bugungi kundagi ko’pchilik yirik kompaniyalar strukturasizlik va moslashuvchanlik ularning samarali ishlashiga imkon berayotganligini ta’kidlamoqdalar. Ular uchun ideal struktura – bu oldindan belgilangan va o’zgarmas strukturaga ega bo’lmaslikdir.

O’rganish strukturasi.


Britaniya singari juda ham raqobat kuchli muhitda biznes faoliyatini yuritishiga qaramasdan, riteyler Tesco kompaniyasi savdolarning bozorlardan boshqa joylarda davom etishi naqadar muhim ekanligini anglab etmoqda. Buni amalga oshirish uchun esa kompaniya Tesco in a Box vositasidan foydalanadi. Bu mukammal ishlangan informatsion texnologiya tizimi bo’lib, kompaniyaning xalqaro biznes operatsiyalari uchun ishlangan modeldir. Bu yondashuv operatsiyalarning muntazam borishiga va innovatsiyalarning keng tarqalishiga sharoit yaratadi. Tesco aynan o’rganish strukturasiga misoldir, bunday tashkilotda muntazam ravishda o’rganish va o’zgarish uchun sharoit yaratiladi. “Bugungi menedjmentning asosiy vazifasi bilimli mutaxassislarni muntazam ravishda yechimsiz muammolarga yechim topish uchun rag’batlantirishdir”. O’rganish strukturasida esa ishchilar muntazam ravishda bir-birlari bilan bilimlarini bo’lishadilar va o’rganilgan yangi bilimlarni ish va qaror qabul qilish jarayonlarida ishga soladilar. Ba’zi tashkiliy nazariyachilar tashkilotning bu siyosatni olib borishi – ya’ni o’rganish va o’rganilgan bilimlarni qo’llashga undash – raqobatlarda ustunlik beruvchi yagona
yo’ldir, deb ta’kidlashadi. O’rganish strukturasi qanday strukturaviy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
Butun tashkilot bo’ylab barcha ishchilar – turli xil funktsional mutaxassisliklarga ega bo’lgan va turli tashkiliy darajalardagi ishchilar informatsiya bilan bo’lishishlari va ish jarayonlarida hamkorlik qilishlari kerak. Bunday muhit uchun esa strukturaviy va jismoniy to’siqlarning minimal bo’lishi
talab etiladi, bu esa ishchilarning tashkilot ishlarini hamjihatlikda olib borilishiga yo’l ochadi va shu orada ular bir-birlaridan o’rganishadi 29 . Bundan tashqari, bunday ishchilar jamoasi tashkilot strukturaviy dizaynining asosiy xususiyatiga aylanib qoladi. Bunday jamoalar loyiha uchun kerakli bo’lgan barcha qarorlarni


29 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 280-310-betlar.

95
qabul qila oladilar. Bunday ishchilar va jamoalar bor joyda nazorat uchun menejerlarning bo’lishi talab etilmaydi. Aksincha, menejerlar bunda murabbiylik vazifasini olib borishadi30.



Download 315.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling