11-Mavzu: Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari. REJA: - 1.Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari .
- 2. Ilmiy uslubning tayanch leksikasi – atamalardir .
- 3.Ilmiy uslubning boshqa til uslublaridfan leksik farqlanishi.
- Ilmiy uslub nutq uslublari orasida o’z alohidaligi, shu uslubga xos muhim xususiyatlarni yorqin gavdalanishi bilan ajralib turadi. Bu uslub nutq ko ‘rinishi sifatida maxsus vazifaga ega. Bunda hodisalarni aniq ta’rifi deyiladi.
- Fikrning grammatik jihatidan ravshan ifodalanishi mantiqiy bogliqligi izchilligi, tarix va qoidalarga tayanishi ifodadagi sintaktik aniqlik, ilmiy uslubning o ‘ziga xos muhim xususiyatidir.
- Ilmiy uslub nutq uslublarining ilmiy adabiyot bilan bogliq turi m‘lib kitobiy uslublar jumlasiga kiradi. Shunga ko’ra ilmiy uslub turlicha ilmiy adabiyotlarni; texnika meditsina, filologiya, kimyo va boshqalarni qamrab olsada, har bir ilmiy sohaning o’zi alohida bo’lmaydi. Chunki bu sohalarni barchasida ilmiy uslub uchun xos bo’lgan mantiqiylik, ob’ektivlik, lug’aviy jihatdan so’zlarni bir ma’noligi bir xilda aks etadi.
- Biroq ilmiy ifodalar bir- biri bilan o’zaro farqlanishi mumkin. Masalan ilmiy texnik adabiyotlar, ommabop adabiyotlardan keskin farqlanadi. Bu holat ularni ilmiy uslubning turli ko’rinishlari sifatida ajratishni taqoza yetadi. Shunga ko’ra ilmiy uslubiing ikki turi mavjud: a) ilmiy texnik uslub v) ilmiy ommabop uslub.
-
- Ilmiy texnik uslub quyidagi xususiyatlarga ega. a) unda fikr aniq maniqiy va ob’ektiv bo’lishi shart. b) aniq fikr ifodalash jarayonida ham nominativ (atash) ham definativ (ilmiy xulosalash) vazifasi bajariladi. Lug’aviy jihatdan atamalarga va mavhum ma’noli so’zlarga tayanadi. g) ilmiy fikr ifodalanadi. d) formulalar, tablitsalar tajriba va xulosalarga tayanadi.
- Ilmiy ommabop uslub quyidagi xususiyatlarga ega.
- a) umumiste’mol so’zlari va umummilliy atamalar ko’proq qo’llaniladi.
- b) ilmiy ommabop adabiyotlar ,ilmiy tahlil qilish vazifasini o’z oldiga qo’ymaydi.
- v) formula, tablitsa va tajriba xulosalarga tayanmaydi.
- g) ilmiy ommabop uslub axborot berish vazifasini bajaradi.
- Ko’rinadiki, ilmiy uslub nihoyatda aniqlik mantiqiylikni talab qiladigan uslub bo ‘lib asosan bir ma’noli so’zlarni qo’llanishini taqoza etadi. Shu boisdan ham ilmiy uslubning tayanch leksikasi - atamalardir. Atamalar har bir sohaga oid bo’lganligi umummiliy atamalar ham mavjud .Shunga ko’ra atamalarni soha atamalari va umummilliy atamalar kabi guruhlarga ajratish mumkin.
-
- Soha atamalari ma’lum fan yoki fanning biror sohasi uchun xos. Masalan. leksika, leksema, morfema, fonema, paronim, lingvistikaga , vat, volt ,klon, massa, magnit maydoni, fizikaga, aspirin,miokard, norkoz, pnevmoniya, ukol meditsinaga, ayripanja, burchak tishlar, kurakoyqlilar,zoologiyaga, ammiyak, vodorod, karbon, polimar ximiyaga, suvzambil, ayiktovon, takasokol (usimlik) biologiyaga, xos atamalardir.
- Umumiy atamalar ilmiy adabiyotning barcha ko’rinishlarida bir xilda qo’llaniladi. Ularni fanning biror sohasi bilan izohlab bo’lmaydi.
- Konferensiya, konstitutsiya, kilogramm, monografiya, samalyot ,fan, simpozium, syezd, plenum, sessiya, chaqirik kabi.
- Ilmiy uslubda umumist’emol so’zlari sifatida ko’magkchilar (uchun, kabi, ba’zan, singari), boglovchilar (va, hamda, ammo, lekin)ham ko’plab ishlatiladi.
- Ilmiy uslub boshqa uslub turlaridan lugaviy jihatdan undov so’zlarning qo’llanilmasligi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslubni tasviriy vositalar uslubi deb hisoblash mumkin. Chunki, bu uslubda deyarli tasviriy vositalardan foydalanilmaydi. Lekin ayrim sifatlash va o’xshatish vositalarini ilmiy uslubda ham uchratish mumkin. Biroq bu vositalar ilmiy uslubda obrazlilik , tasviriylikni uyushtirish uchun emas, balki fikriy aniqlikni ta’minlash uchun ishlatiladi.
- Masalan, qirqquloq, atamasi haqida anik tasavvur hosil kqlish uchun o’xshatishdan foydalanilgan. Daraxtsimon qirqquloqlarning bo’yi 5 qavatli binolar-bo’yidek keladi. (Materiklar geografiyasi Toshkent 1995 yil 96 bet). Bu gapda -simon o’xshatish vositasi orqali qirqquloqlarning daraxtga -dik vositasi orqali bo’yining besh qavatli binosiga o’xshashligi haqida aniq ma’lumot berilgan. Ilmiy uslubda o’xshatishlar asosan -simon,-dek,-day, uxshash kabi vositalar orqali ifodalanadi
- Ilmiy uslubda narsa yoki predmetlar haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun sifatlashlardan ham foydalaniladi: oniy tezlik, notekis harakat, to’gri chiziqli harakat (fizika), subtropik o’lka, issiqsevar o’simlik, tropik cho’l, chala cho’l, (geografiya) perpendikulyar tekislik, to’g’ri prizma, kesik konus, kesik piramida (matematika). Bunday vositalar ilmiy uslubda predmetni aniqlash ,anik belgilarini ko’rsatish vazifasini bajaradi. Shu boisdan ham ularni obrazli vositalar deb bo’lmaydi.
- Ilmiy uslubning grammatik qurilishi juda izchil, mantiqan bog’langan bo’lib, sintaktik jihatdan o’ta aniqliqni talab qiladi.
- Ilmiy uslub boshqa uslub turlaridan lug’aviy jihatdan shartli belgilar,formulalarning qo’llanilishi bilan farqlanadi.
- Shartli belgilar muhim lug’aviy vosita sifatida ilmiy texnik adabiyotlarda ko’plab qo’lla-
- niladi.
- Masalan,N-vodorod,0-kislorod,G-uglerod,HgO-suv,- katta, -kichik, A -Amper,ildiz kabi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |