Umumtalim maktabning biologiyaga kirish (5 sinf) dan dts, oquv dasturi, darslik tahlili, yillik taqvim-reja, mavzuli-rejalar tuzish


Download 0.97 Mb.
Sana19.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1710431
Bog'liq
NURAFZO BO\'M

Umumta’lim maktabning biologiyaga kirish (5 sinf) dan DTS, o‘quv dasturi, darslik tahlili, yillik taqvim-reja, mavzuli-rejalar tuzish.

Bo’riqulova Nurafzo


DTS
O‘quv dasturi
Darslik tahlili
Yillik taqvim-reja tuzish
Mavzuli-rejalar tuzish

DTS nima?

  • Davlat ta'lim standarti haqida umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. DTS O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. Umumiy o'rta ta'limning DTS- o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan minimal darajani belgilab beradi.

Biologiya Davlat ta’lim standartlari tahlili uning qismlaridan iboratligini ko’rish mumkin:


1. Asosiy qism
    • ta'lim tarbiya jarayonidan ko'zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, ko'nikma va malakalarni amalga oshirish majmuasi sanaladi. Ta'lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi.

2. Kengaytiruvchi qism
    • o'quvchilarning biologik bilimlari va mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradi, shaxs yoki guruh qiziqishlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim mavzuning bir qismi. Bu qism ta'lim mazmunining ijodiy tajribalari va usullarini o'z ichiga oladi.

3. Yordamchi qism
    • biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini ta'minlovchi taʼlim mazmunining maʼlum bir boʼlimi. O'quvchilarning qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashg'ulotlarning mazmunini tashkil etadi.

4. Qoshimcha qism
    • o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari yo'nalishi va mahalliy xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan ta’lim mazmunining bir qismi

O‘quv dasturi

Dastur- o'quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar o’zlashtirilishlarning eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o'zida mujassam etuvchi me'yoriy hujjatdir. Maktablarda o'qitiladigan har bir o'quv fanining mazmuni o'quvchilarni bilishi kerak bo'lgan bilimlar, o'zlashtirishi kerak bo'lgan o'quv ko'nikmalar, malakalar yig'indisini ifodalovchi hujjat-o'quv dasturi hisoblanadi. Unda o’quv fanini o'qitishdan maqsad, vositalari, o'quvchilarni o'zlashtirish kerak bo'lgan bilimlar, ko’nikmalar kompleksi o'z ifodasini topadi.

  • O'quv dasturida har bir o'quv fani bo'yicha o'qitiladigan asosiy mavzular mazmuni, ulardan o'tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O’quv dasturida ana shu mavzularning qanday dars tiplaridan foydalanib o’qitish kerakligi haqida ham maʼlumotlar berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish ko'zda tutilgan.
  • O'quv har bir mavzuni o'tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars shakllari ko’rsatilgan. O'qituvchilarning bilimi va pedagogik mahoratini oshirishni maqsad qilib, har bir o'quv fani so'ngida o'qituvchilar uchun limiy va metodik adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

Darslik tahlili

  • Umuman olganda 5- sinf botanika darsligiga ijobiy baho berish mumkin. Ayniqsa uning dizayni juda yuqori. Shu bilan birgalikda darslikning varatishda ayrim kamchiliklar ham uchraydi: Yuqorida qayd qilingandek darsliklar ta'lim standarti, o'quv dasturi talablari asosida yozilishi kerak. Darslik faqat o'quvchilarga bilim berish bilan cheklanmay, ulaming o'quv ko'nikma, malakalarini rivojlantirishni ham ko'zda tutish kerak. Bu masala 5- sinf botanika darsligida etarlicha o 'z ifodasini topmagan. Masalan 6 ta laboratoriya m asbg’ulotining alohida ajratilmaganligi, ulami o'tkazishiga oid metodik tavsiyalarini etarlicha yoritilmaganligi, o'quvchilaming o'quv ko'nikma va. malakaiarining rivojlanishiga salbiy ta 'sir etadi deb o'ylaymiz. Darslikda ayrim hollarda tushunchalami izchillik bilan rivojlantirishga e'tibor berilmagan. Chunonchi, o'sim liklarda moddalaming harakatlanishi “poya” mavzusida berilgan. Unda bir vaqtning o'zida suv va suvda erigan mineral moddalarni hamda organik rrioddalarning harakatlanishi to 'g ’risida ma'lumot keltirgan. Vaholanki organik moddalarni sintezlanishi barg mavzusi bilan uzviy aloqador. “Barg” esa “poya” mavzusidan so'ng o'tiladi. Xuddi shuningdek darslikning boshida berilgan “Kuz faslida o'sim liklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar” mavzusini 30 paragrafidan “Xazonrezgilik” mavzusi bilan birlashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yillik taqvim-reja tuzish

O’qituvchining o'quv mashg'ulotlariga tayyorlanishi ta'lim -tarbiya ishlarini

bilan boshlanadi. Rejalashtirish uch bosqichda olib boriladi.


1. Yillik taqvim reja ya'ni istiqbolli reja
2. Dasturning xar bir mavzusi bo'yicha mavzuli reja
3. Dars uchun bir soatlik dars ishlanmasi
  • Yillik taqvim reja tuzish ya'ni istiqbolli reja. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tayanch o'quv rejasi davlat ta'lim standartlarining qismlari bo'lib, u ta'lim sohalarmi me'yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo'ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o'quv rejasi o'quv predmeti bo'yicha berilgan ta'lim mazmunini o'quvchiga yetkazib berish uchun ajratilgan o'quv soatlarining minimal hajmdagi miqdorini ifodalaydi. Har bir istiqbolli reja oquv reja asosida tuziladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling