“A”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi


Download 88.75 Kb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi88.75 Kb.
#1262561
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars ishlanma Qobilov N




Farg’ona viloyati Beshariq tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Qobilov Nodirjonning adabiyot fanidan 5-“A”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi



2018-2019-o‘quv yili
Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:
D.Mahmudov _______
(F.I.Sh.) (Imzo) 15-oktabr 2022- yil
Nazariy dars rejasi № 1

Sinf:



5-“A”

Dars o‘tiladigan sana:

15.10.2022




O‘quv fanining nomi: Adabiyot
Mavzu nomi: Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: Hamid Olimjonning hayoti va ijodi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ona Vatanimizga, oilasiga va ota-onasiga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, ertak-dostonlarni tahlil qilish hamda ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, mavzu asosidagi bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. Avvalgi darsda o‘rgangan bilimlari asosida Hamid Olimjonning hayoti va ijodiga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
2. Hamid Olimjon tomonidan yaratilgan adabiy asarlarni bilib oladilar.
3. Hamid Olimjonning adabiyotimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar. Vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida yozilgan ertak-dostonini tahlil qilishni, uni ifodali o‘qishni o‘rganadilar.
4. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni yuzasidan mustaqil fikrlarini bildiradilar va mavzu doirasida turli topshiriqlarni bajaradilar.
5. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonining qahramonlariga tavsif beradilar.

Download 88.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling