11-mavzu. Immunokompetent hujayralarning kooperatsion xususiyatlari
Download 18.38 Kb.
|
11 Immunokompetent hujayralarning kooperatsion xususiyatlar (2)
11-mavzu. Immunokompetent hujayralarning kooperatsion xususiyatlari Organizmda sodir bo’ladigan immun tizim jarayolari to’qima va a'zolarda joylashgan turli xil hujayralar o’zaro birgalikda (kooperativ) faoliyat ko’rsatish tufayli faoliyat amalga oshadi. Immun jarayonlarga tegishli (immunokomponent hujayralarning) immun himoya reaktsiyalari to’Visida bir qancha nazariyalar mavjud bo’lib ular orasida akademik Petrov oldinga surgan nazariya alohida birin tutudi. Bu nazariyaga asosan immun himoya reaktsiyalari uch xil hujayralarning o’zaro birgalikda faoliyat ko’rsatishi ya'ni kornratsiyasi tufayli amalga oshadi. Immunokompitent hujayralar bo’lib T- va V-limfotsitlar, ularning subpopulyatsiyalari hamda yordamchi hujayralar (makrofaglar, interdigidlovchi va dendiritiv hujayralar hisoblanadi. Organizmga tushgan mikrob, viruslar, antigenlarni dastavval antigeni tanib olish qoo’liyatiga ega bo’lgan T- va V-limfotsitlarning retseptorlari bilan bog’lanadi. SHu bilan birga antigen bu limfotsitlarning bir-birlari bilan aloqa qilishini ta'minlaydi. Antigen T-limfotsitlarning yuzasiga bo’lgan retseptorlar bilan bog’liq sholda makrofaglarda uzatiladi. Makrofaglar bilan T-limfotsitlarning o’zaro ta'siri natijasida antigenga qarshi tsitotoksik T-limfotsitlar hosil bo’ladi. Keyingi bosqichda T-limfotsitlarning retseptorlari bilan bog’langan va makrofaglar tomonidan qayta ishlangan antigen V-limfotsitlarga etkaziladi. Ammo bu ma'lumotning o’zigina V-limfotsitlarning antitanalar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanishi uchun kifoya qilmaydi. V-limfotsitlarning ko’payishi va plazmotsitlarga shakllanishi uchun shu antigenga xos bo’lgan yana bir signal bo’lishi talab etiladi. Bu signal T-limfotsitlar tomonidan berilib «immunopoezd induktori» deyiladi. 2 tomondan antigen tbg’risidagi ma'lumot olgan V-limfotsitlar o’z navbatida blast hujayralarga aylanib mitoz yo’li bilan ko’payadi. Natijada ma'lum bir antigenga nisbatan V- limfotsitlarning kloni hosil bo’ladi. Ular o’z navbatda plazmoblastlarga, plazmotsitlarga va nishoyat etuk plazmatik hujayralarga aylanib shu antigenga nisbatan antitanalar ishlab chiqaradi. SHunday qilib imunitet jarayonlarida turli xil hujayra ishrok etadi. Bu jarayonlarning faol hujayralari bo’lishi. T- va V- limfotsitlar qon va limfa orqali ko’chib yurish (migratsiya) qoo’liyatiga ega. Immun tizimning markaziy a'zolarida ya'ni timusda va qizil suyak ko’migiga ushbu limfatsitlarning ko’payishi va takomillashuvi (differentsirovkasi) ro’y beradi. +izil suyak ko’migidan kelgan o’zak hujayralar timusda maxsus mikromushit ta'sirida etuk T-limfotsitlarga aylanadi. Immunitet jarayonida eozinofil va bazofil leykotsitlar, hamda to’qima bazofillari ham ishtirok etadi. Bazofil leykotsitlari va to’qima bazofillari ishlab chiqargan gistomin, geparin moddalari T- va V- limfotsitlarning ko’payish va shakllanishini kuchaytirish xususiyatiga ega. Eozinofil leykotsitlar organizmga ko’p miqdorda antigenlar tushganda ko’payadi va makrofaglarning faoliyatini kuchaytiradi. SHuningdek immun himoya jarayonlarining kechishida neytrofil leykotsitlarning roli ham katta. Ular limfotsitlarning ko’payishi va shakllanishini kuchaytiruvchi moddalar ishlab chiqaradi va antegenlarning faol ravishda fagotsitoz qiladi. T- limfotsitlar barcha limfotsitlarning taxminan 60-65% ni tashkil etib, ularning yashash muddati bir necha oylab va yillab davom etishi mumkin. Ularning V-limfotsitlardan farq qiluvchi asosiy belgisi ularning qoo’g’ida joylashgan retseptorlari hisoblanadi. Ularda antigenlarni tanib olish imkoniyatiga ega retseptorlar borligi tan olingan. V-limfotsitlarning yashash muddati ancha qisqa bo’lib, bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etadi. Keyingi 15–20 yil ichida immunologiya fani jadal taraqqiy etdi. Faoliyati bo`yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi T- va B- limfotsitlarning topilishi, immun-himoya jarayonlarida mikromuhit hujayralarining salmoqli roli borligining aniqlanishi hamda bu jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi moddalarning ochilishi immunitet to`g`risidagi tushunchalarni tubdan o`zgartirdi. Klassik immunologiyaning asoschilari bo`lib Lui Paster va I. I. Mechnikovlar hisoblanadi. Bundan 30–40 yil avval klassik immunologiya organizmni faqat har xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar va viruslardan himoya qilish mexanizmlarini o`rganish bilan cheklandi. Boshqacha qilib aytganda, immunologiya deganda tor doiradagi infeksiya immuniteti tushunib kelindi. Hozirgi zamon immunologiyasi nazariy va amaliy meditsinaning barcha sohalariga taalluqlidir. Bejiz emaski, u hozir turli xil kasalliklarda kuza-tiladigan immunitet yetishmovchiligini (immunodefitsitlarni) aniqlash va davolashda, har xil a’zolarni (yurak, buyrak, jigar va boshqalarni) ko`chirib o`tkazishda (transplantatsiya qilishda) tug`iladigan muammolarni yechishda ham keng qo`llanilmoqda. Immunologiyaning rivojlanishida – akademik P. B. Petrov hamda jumhuriyatimiz vakili professor P. M. Haitov va ularning shogirdlari qo`shgan hissalari juda katta. Immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi hujayralarning kelib chiqishi, tuzilishi, faoliyati hamda o`zaro muloqotda bo`lishini o`rganuvchi fan endilikda o`zida gistologiya va immunologiya elementlarini mujassamlashtirgan bo`lib, uni immunomorfologiya deb atash rasm bo`ldi. Bu fan oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan biri – organizmda kechadigan immun-himoya jarayonlarini ta’minlaydigan tuzilmalarni hujayra, to`qima, a’zolar va yagona sistema sohasida tadqiq qilishdir. Immunomorfologiyaning rivojlanishiga ittifoqimiz olimlari katta hissa qo`shmoqdalar. Bu o`rinda moskvalik olimlar – akademik M. R. Sapinni, professor N. A. Yurinani va Toshkent meditsina institutining gistologiya kafedrasi kollektivini ko`rsatib o`tish mumkin. Masalan, 1987 yili Toshkentda chop etilgan akademik K. A. Zufarov va professor K. R. To`xtayev qalamiga mansub «Immun sistema a’zolari» kitobi immunomorfologiya bo`yicha ilk asarlardan hisoblanadi. Ushbu bo`lim ko`p jihatdan ana shu kitobda berilgan dalillar asosida yozilgan Download 18.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling