Mavzu:Antigenni antitelolar bilan bog’lovchi markazlari
Reja
- Antigenlar haqida ma`lumot
- Antitelolar haqida ma`lumot
- Immunitet jarayonida ishtirok etuvchi immunokompetent hujayralar.
- Tayanch iboralar: Antigеn ,antitana, makrоfaglar, immunoglobulinlar
- Antigеn - ikki ildizli so`z bo`lib, uning asоsini anti qarshi va gеn (DNK fragmеnti) so`zlari tashkil qiladi. Antigеn o`zida gеnеtik jihatdan bеgоna bo`lgan ma`lumоtni jamlab, оrganizm tarkibida o`ziga хоs immunоlоgik rеaktsiyalarni kеltirib chiqaradi
- Antigеn tuchunchasini o`rganishda uning ikki jihatini alоhida farq qilishimiz lоzim: birinchidan antigеn bu biоlоgik markеr (tamg`a) hisоblansa, ikkinchidan-bu bu immunоgеndir. Biоlоgik markеr sifatida antigеnlarning bir qancha o`ziga хоs sifrlarini ko`rsatish mumkin: ular tur antigеnlari, qоn guruhlarining izоantigеnlari, transplantatsiya antigеnlari, оrgan hamda to`qima antigеnlari
- A n t i g e n l a r – murakkab organik moddalar bo`lib, ular organizmda o`ziga qarshi ixtisoslashgan javob reaksiyasi kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
- Antitelolar — antigеn yubоrilishiga javоban hоsil bo`luvchi va u bilan spеtsifеk rеaktsiya bеrishga qоdir, qоnning spеtsifik оqsillari —
immunоglоbulinlardir
- A n t i t e l o l a r – immunoglobulinlarning u yoki bu sinfiga mansub murakkab oqsillar. Ular organizmda ma’lum antigenlar ta’siri ostida plazmatik hujayralar tomonidan sintezlanadi va shu antigen bilan birikib, uni zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo`ladi
- Hozirgi paytda immunoglobulinlarning 5 sinfi mavjud bo`lib, ular qon oqsillarining taxmiman 1/3 qismini tashkil etadi.
- IgG - bu sinfga kiruvchi antitelolar organizmni mikroblar, viruslar hamda ular ishlab chiqargan zaharli moddalardan aktiv himoya qiladi.
- IgM - sinfiga kiruvchi antitelolar zaharli moddalarni neytrallashda, yot hujayralarni yemirishda va turli xil antigenlarni cho`ktirishda muhim o`rin tutadi
- IgA - sinfiga kiruvchi antitelolar, qondan tashqari, ko`p miqdorda so`lakda, ko`z yoshida, me’da-ichak suyuqliklarida ham uchraydi. Shu tufayli bu antitelolar sekretor antitelolar deb atalib, ular shilliq pardalarni himoya qilishda faol ishtirok etadi
- IgE - sinfiga kiruvchi antitelolar esa allergik reaksiyalarda qatnashadi
- IgD - sinfiga kiruvchi antitelolar juda kam miqdorda uchraydi. Uning ahamiyati hali to`la aniqlanmagan. Bu immunoglobulin ko`proq embrionda va yangi tug`ilgan chaqaloqlarda uchraydi.
Hozirgi paytda B - limfotsitlarning bir necha turlari farq qilinadi. Ulardan B-xelperlarni, B- supressorlarni va “eslab qoluvchi” B-limfotsitlarni ko`rsatib o`tish mumkin. B- limfotsitlarning yashash muddati ancha qisqa bo`lib, bir necha haftadan oylargacha bo`ladi
Ko`rsatib o`tilgan T-, B- limfotsitlar va ularning subpopulyatsiyalaridan tashqari immunitet jarayoni o`zida na T-, na B- hujayralarga xos belgilarni tutmaydigan “nol” hujayralarning ahamiyati katta. Bu hujayralar barcha limfotsitlarning 5–15 % ni tashkil etadi. Ular asosan sitotoksik ta’sir ko`rsatish qobiliyatiga ega bo`lib, killerlar turkumiga kiradi.
- Sitotoksik ta’sir ko`rsatuvchi limfotsitlar (T- killerlar, L, K va TK-limfotsitlar) yot hujayralarni o`ldirish va yemirishda asosiy o`rin tutadigan maxsus moddalarni yoki l i m f o k i n l a r n i ishlab chiqaradi.
- Limfokinlar yot hujayralarga yemiruvchi ta’sir ko`rsatadi. Natijada, yot hujayralar halok bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |