11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari (2 soat) Reja


rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan


Download 92.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi92.82 Kb.
#1833033
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtiris ustuvor yo‘nalishlari

rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan 
uchinchi yo„nalishida: 
3.1. 
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o„sish 
sur‟atlarini saqlab qolish; 
3.2. 
Tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizatsiya 
va 
difersifikatsiya 
qilish 
hisobiga 
uning 
raqobatbardoshligini oshirish; 
3.3. 
Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; 
3.4. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning xuquqlarini 
himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy 
tadbirkorlik rivojlanishini rag„batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy 


islohotlarni davom etish; 
3.5. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish; 
3.6. 
Turizm sohasini rivojlantirish masalalari o„z aksini topgan. 
 
Harakatlar stretegiyasida tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish borasidagi yirik islohotlar tarkibiga 
quydagilarni amalga oshirish belgilab berildi: 
Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‟minlash, uning 
tarkibida sanoat, xizmat ko„rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushini ko„paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib 
borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom 
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo„shimcha qiymatli tayyor 
mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi 
bosqichga o„tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda 
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; 
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o„zlashtirish, shu asosda 
ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta‟minlash; ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirishni rag„batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng 
avvalo, iste‟mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o„rnini bosish, 
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; iqtisodiyotda energiya va resurslar 
sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng 
joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; faoliyat ko„rsatayotgan erkin 
iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish
yangilarini tashkil etish; xizmat ko„rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki 
mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o„rni va ulushini oshirish, ko„rsatilayotgan 
xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari 
hisobiga tubdan o„zgartirish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda 
uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini 
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; eksport faoliyatini liberallashtirish 
va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish,
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar 
etish; yo„l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, 
boshqaruv tizimiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi 


muhim masalalar belgilandiki yurtimizda keyingi besh yilda amalga oshiriladigan 
islohotlar ushbu bandlarda belgilangan ishlarning ijrosi tufayli xalqimizning ravnaq 
topishiga, yalpi ichki mahsulotimimzning keskin oshishiga xizmat qiladi. 
Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalardan biri mamlakatimizda 
investitsiya muhitini yaxshilash va investorlarni keng jalb etish borasidagi islohotlar 
bo„ldi. 
Keyingi yillarda yurtimizda investitsa muhiti yanada yaxshilandi. Bu boradagi 
qonunchilik yangilanib, investorlar uchun huquqiy kafolatlar mustahkamlandi. Misol 
uchun, 2019 yilda to„g„ridan-to„g„ri xorijiy sarmoyalar 4,2 milliard dollarni tashkil 
etgan edi. Bu ko„rsatkich 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollar yoki 3,7 barobar 
o„sdi. 2020 yilda esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga 5,8 milliard dollar to„g„ridan-
to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish belgilandi
2
. Mana shu maqsadlarni inobatga 
olib mamlakatimizda xalqaro investorlarni yanada jalb etish maqsadida Toshkent 
xalqaro investitsiya forumini tashkil etish belgilangan edi. Forumning asosiy maqsadi 
iqtisodiyot drayverlari hisoblangan energetika, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot 
texnologiyalari, to„qimachilik, qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish 
sohalari hamda hududlarga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni 
kengaytirishdir. 
Jahon tajribasiga nazar tashlasak kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlari faoliyati barqaror iqtisodiy o„sishning asosiy omili, iqtisodiy 
konyukturaning o„zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tez joriy qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori 
bo„lgan ho„jalik subyektlari sifatida keng faoliyat yuritib kelayotganiga guvoh 
bo„lamiz. 
Mamlakatimiz 
rahbari 
Sh.M.Mirziyoyev 
O„zbekiston 
Respublikasi 
mustaqilligining yigirma to„qqiz yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi 
nutqida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to„xtalib o„tib 
shunday degan edilar: “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirishga 
alohida ahamiyat qaratilmoqda. Pandemiya davrida tadbirkorlarni qo„llab-quvvatlash 
hamda ular o„z faoliyatini davom ettirishi uchun biznes subyektlariga turli imtiyoz va 
yengilliklar berilgani sizlarga yaxshi ma‟lum”. 
Tadbirkorlik va kichik biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufayli mamlakat 
yalpi ichki mahsulotida bu subyektlarning ulushi 2019 yilda 56,5 foizga yetgani 
shundan dalolat beradi. 
Iqtisodiyotning mazkur muhim tarmog„i mavqeini yanada mustahkamlash 
maqsadida ularga ko„proq erkinlik berish, qo„shimcha imtiyoz va preferensiyalar 
qo„llash, moliya, soliq hamda statistika idoralariga hisobot topshirish mexanizmini 
takomillashtirish bo„yicha islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Yurtimizda amalga 
oshirilayotgan islohotlar tub mazmun mohiyati bilan inson va uning manfaatlarini 


ta‟minlashga qaratilgan. 
Aholi daromadlari tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatidan 
olinayotgan daromad ulushi tobora ortib bormoqda va barcha daromadlarning
76 foizdan ortig„i ushbu soha hissasiga to„g„ri keladi. Bundan ko„rinib turibdiki, 
mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishini taxmin qilish ayni shu sohani tez va 
samarali rivojlantirish eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida uy xo„jaliklarining muhim funksiyalaridan biri bu oilaviy 
tadbirkorlikni tashkil etish bo„lib hisoblanadi. “Oilaviy tadbirkorlik – bu oilaviy 
kapitaldan samarali foydalanib, foyda olishga yo„naltirilgan tashabbusli mustaqil 
faoliyatdir. Oilaviy kapital bu yerda oila a‟zolarining jismoniy, ijtimoiy, moliyaviy va 
intelektal kapitallari sifatida namoyon etilgan”.
1
Oilaviy tadbirkorlikni keng 
miqyosda rivojlanishiga turtki bergan muhim omil bu iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o„zgarishlar natijasida xizmat ko„rsatish sohasini (savdo, umumiy ovqatlanish, dam 
olish va x.k.) keskin o„sishi bo„lib hisoblanadi. Bunda kichik oilaiy tadbirkorlik 
korxonalari nisbatan samarali va maqsadga muvofiq faoliyat olib boradi. Oilaviy 
tadbirkorlikni muhim xususiyatlaridan biri bu uning foydani maksimallashtirishga 
intilmasligi, balki uning asosiy maqsadi uy xo„jaligining (oilaning) daromadga, 
bandlikka va o„zining imkoniyatlarini o„zi ro„yobga chiqarishga bo„lgan ehtiyojini 
qondirish talablaridan kelib chiqadi. 
Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati, birinchidan, oilaning moddiy 
resurslariga, ikkinchidan, uning a‟zolarining tadbirkorlik qobiliyatiga tanlangan 
faoliyat yo„nalishiga, uning obyektiga hamda demografik tavsiflariga, oila 
a‟zolarining soniga, jinsiga, yoshi, sog„ligining holatiga bog„liq. Uy xo„jaliklari 
ushbu funksiyalarini davlat va nodavlat tashkilotlarining xizmat ko„rsatish tizimi 
sohalari orqali yo„lga qo„yadi. 
Uy xo„jaliklarining oilaviy tadbirkorlik shakllari qadimdan (shaxsiy tomorqa 
xo„jaligidagi faoliyati) va ular tomondan amalga oshirilgan turli xil xizmat turlari 
bo„lib hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasini mustaqillik yillarida ijtimoiy 
yo„naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o„tish sharoitida amalga oshirilgan iqtisodiy 
islohotlar natijasida bu jarayon yanada tez sur‟atlar bilan o„sdi.
Respublikamizda uzoq yillar mobaynida oilaviy biznes va tadbirkorlik bilan 
aholi asosan norasmiy, ya‟ni rasman oilaviy korxonalar tashkil etmasdan shug„ullanib 
kelgan. Endilikda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug„ullanishi va barqaror 
daromad manbaiga ega bo„lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012 yil 26 aprelda “Oilaviy 
tadbirkorlik to„g„risida”gi qonuni qabul qilingandan keyin oilaviy korxona tashkil 
etish orqali oilaviy tadbirkorlik bilan rasman shug„ullanish imkoniyatlari tug„ildi. 
O„zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to„g„risida”gi qonunining
3-moddasida Oilaviy tadbirkorlik oila a‟zolari tomonidan tavakkal qilib va o„z 


mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan 
tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o„z ishtirokchilarining ixtiyoriy- 
ligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil 
etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga 
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi” - deb ta‟rif berilgan. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila- 
tadbirkor» dasturini amalga oshirish to„g„risida PQ-3777 son Qarori respublikamiz 
uy xo„jaliklarini iqtisodiy faolligini oshirishning huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy 
asoslarini belgilab beruvchi muhim meyoriy hujjat bo„lib hisoblanadi. Dastur 
doirasida qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, 
qishloq xo„jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar 
tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga 
erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes 
faoliyati bilan shug„ullanishni boshlagan uy xo„jaliklariga biriktirish – mini-klasterlar 
tashkil etish rejalashtirilgan. Joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko„rsatiladigan xizmatlar 
ko„lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari 
savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat ko„rsatish va servis 
shahobchalarini barpo etish ko„zda tutilgan. 
Qishloq va mahallalarda bo„sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan 
oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berish orqali aholi uchun qo„shimcha ish o„rinlari 
va daromad manbalari yaratiladi. Bundan tashqari, vaqtinchalik moliya-xo„jalik 
faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro„yxatidan o„tmasdan faoliyat 
yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish 
yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 
Respublikamizda uy xo„jaliklarining “Oilaviy tadbirkorlikni yuritishning muhim 
yo„nalishlaridan biri bo„lgan o„zini – o„zi band qilishning quyidagi faoliyat turlarini 
kiritishimiz mumkin: shaharlik fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo„jaliklar 
faoliyatini yuritishi; qo„shimcha pul daromadi topish va xo„jalikning ichki 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 
borasida dehqon (tomorqa) xo„jaliklarini yuritish; fermer xo„jaliklari faoliyatini 
tashkil etish; uy xo„jaligining ichki ehtiyojlarini qishloq xo„jaligi tavsifiga ega 
bo„lmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug„ullanish; ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotish va qo„shimcha pul daromadi olish maqsadida kichik jamoalar 
tarkibida qishloq xo„jaligi tavsifiga ega bo„lmagan ishlab chiqarish–tadbirkorlik 
faoliyati va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug„ullanish (dala hovlilari, 
xo„jalik binolari va shu kabilar qurish); kichik biznes korxonalari va kichik 
jamoalar tarkibida aholiga individual tartibda pullik xizmatlar ko„rsatish (turli 


ta‟mirlash va ta‟mirlash-qurilish ishlari); kichik biznes korxonalari faoliyatini tashkil 
etish va yuritish (oshxona, tamaddixona, kir yuvish va kiyimlarni kimyoviy tozalash 
va shu kabilar); yakka tartibda mayda chakana savdo faoliyati bilan shug„ullanish; 
boshqa ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar tomonidan pullik asosda ko„rsatilishi 
mumkin bo„lsada, uy xo„jaliklari doirasida an‟anaviy tarzda bajarilib kelinuvchi uy 
yumushlari va o„ziga o„zi xizmat ko„rsatish turlari. 
Xorijiy tajriba dunyo miqyosida yangi yaratilayotgan ish joylarining 3 tadan
2 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilganligini ko„rsatmoqda.
20 ta rivojlangan mamlakatlarda barcha yaratilayotgan ish joylarining 68 foizi kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilmoqda. O„zbekiston Respublikasida 
ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi kichik biznes sektorining mustahkam asosda 
rivojlanishiga turtki berdi. 
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo„yicha 
olib borilgan islohotlar natijasida 2019 yil 1 fevral holatiga respublikada faoliyat 
ko„rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 274,9 mingtani tashkil 
qilgan. Bu ko„rsatkich o„tgan yilga nisbatan 18,1 foizga oshgan. 
Statistika qo„mitasi xabariga ko„ra, 2019 yil yanvar oyida 12,8 mingdan ziyod 
kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa o„tgan yilning shu 
davriga nisbatan solishtirilganda 8,4 mingtaga ko„proqdir
1

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida (2020 yil 29 dekabr) iqtisodiy sohani rivojlantirishga keng o„rin 
ajratildi. Jumladan, 2021 yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga o„sishini, budjet defitsiti 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta‟minlash masalasi 
belgilandi. 
Bu davr uchun asosiy vazifa sifatida: 
Kambag„allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart 
usullarni joriy etish; 
Tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda 
tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish; 
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo„yicha yanada qulay sharoitlar 
yaratish; 
Iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini 
transformatsiya qilishni jadallashtirish; 
Iqtisodiy o„sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda 
bunday loyihalarga investitsiyalarni ko„paytirish va boshqa qator masalalar belgilandi 

Download 92.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling