11-
mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo„nalishlari (2 soat)
Reja:
1. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va liberallashtirish borasidagi vazifalar.
2. Davlat mulkni xususiylashtirishni yanada kengaytirish.
3. O„zbekistonda tadbirkorlikni qo„llab-quvatlash. “Har bir oila – tadbirkor”
davlat
Dasturining ishlab chiqilishi.
4. Kambag„allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullarni
joriy etish.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
sharoitida
iqtisodiy rivojlanishni rag„batlantirish, xususiy mulkni himoya qilish,
iqtisodiyotga
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va jozibadorligini oshirish,
tadbirkorlikka qulay
investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash istiqbolda amalga
oshirilishi ko„zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.
Shu ma‟noda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi
PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O„zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar
strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi
istiqbolini strategik
rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.
Harakatlar
strategiyaning
bosh
maqsadi
olib
borilayotgan
islohotlar
samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va
jamiyatning har tomonlama va
jadal rivojlanishini ta‟minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan,
mamlakatni
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo„nalishi bo„yicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining
“Iqtisodiyotni yanada