Yangihayot tuman tibbiyot birlashmasining 2023-yil 17-fevraldagi
272-14-220\2023-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik holatini o`rganish va Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasining 2023-yil 7-fevraldagi 5-son buyrug`i, Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasining 2023-yil 10-fevraldagi 25-son buyrug‘i hamda Yangihayot TTBning 2023-yil 17-fevraldagi 272-14-220\2023-son buyrug‘i ijrosini ta’minlah maqsadida
BUYURAMAN:
1. Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasining 2023-yil 7-fevraldagi 5-son buyrug`i (keyingi o‘rinlarda – Buyruq), Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasining 2023-yil
10-fevraldagi 25-sonli buyrug‘i hamda Yangihayot TTBning 2023-yil 17-fevraldagi
272-14-220\2023-sonli buyrug‘i ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Buyruqning ilovalari bilan Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik holatini o`rganish bo`yicha ishchi guruhi tarkibi, Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik holatini o`rganish reja-grafigi, Davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini Toshkent shahrida joriy etish bo`yicha savolnoma tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Bosh shifokor K. Malikov
Do'stlaringiz bilan baham: |